{"id":30881,"date":"2024-07-10T13:01:09","date_gmt":"2024-07-10T08:01:09","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=30881"},"modified":"2024-07-10T13:01:39","modified_gmt":"2024-07-10T08:01:39","slug":"raqobat-qomitasi-tomonidan-ipotekabankga-nisbatan-ish-ochildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kommers.uz\/?p=30881","title":{"rendered":"Raqobat qo&#8217;mitasi tomonidan \u201cIpotekabank\u201dga nisbatan ish ochildi"},"content":{"rendered":"<p>Raqobatni rivojlantirish va iste\u2019molchilar huquqlarini himoya qilish qo\u02bbmitasi \u201cIpotekabank\u201dga nisbatan reklama qonunchiligining buzilishi alomati bo\u02bbyicha ish ochdi. Bu haqda qo\u02bbmita matbuot xizmati <a href=\"https:\/\/t.me\/RaqobatGovUz\/8941\">xabar berdi<\/a>.<\/p>\n<p>Qayd etilishicha, bank tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog\u02bbida <strong>\u201cSuper\u201d<\/strong> omonat turi bo\u02bbyicha joylangan reklama postida omonatning yillik foiz ustamasi <strong>26 foizdan<\/strong> ekani ko\u02bbrsatilgan.<\/p>\n<p>Ammo o\u02bbrganish davomida ushbu omonat turining shartlari reklamada ko\u02bbrsatilganidan farq qilib, mijozlardan <strong>kassa orqali<\/strong> depozitga qabul qilingan <strong>naqd pul<\/strong> mablag\u02bblari bo\u02bbyicha <strong>dastlabki 3 oy<\/strong> uchun <strong>26 foizdan<\/strong> va <strong>keyingi 3 oy<\/strong> uchun <strong>14 foizdan<\/strong> hisoblanishi, xuddi shuningdek, <strong>onlayn<\/strong> qabul qilingan depozit pul mablag\u02bblari bo\u02bbyicha esa mos ravishda <strong>26,09<\/strong> va <strong>14 foizdan<\/strong> hisoblanishi ma\u02bclum bo\u02bblgan.<\/p>\n<p>Qo\u02bbmita bu harakat orqali bank tomonidan omonatning muhim shartlari reklama axborotida <strong>to\u02bbliq ochib berilmagan<\/strong>, bu esa foydalanuvchilarning <strong>chalg\u02bbishiga sabab bo\u02bbladi<\/strong>, deb hisoblagan. Yuqoridagilarni inobatga olib, \u201cReklama to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunning 16 va 43-moddalari hamda \u201cIste\u02bcmolchilarning huquqlarini himoya qilish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunning 6-moddasi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan \u201cIpotekabank\u201dga nisbatan ish ochilgan.<\/p>\n<p>Eslatib o\u02bbtamiz, avvalroq Raqobat qo\u02bbmitasi tomonidan \u201cMaxam-Chirchiq\u201d AJga nisbatan narxlarning asossiz oshirilishi <a href=\"https:\/\/kommers.uz\/?p=30841\">yuzasidan<\/a>, \u201cLukoil\u201d kompaniyasiga nisbatan esa birjada narxlarni manipulyatsiya qilish alomati yuzasidan <a href=\"https:\/\/kommers.uz\/?p=30799\">ish ochilgandi<\/a>. Shuningdek, elektr hisoblagichlarining elektr tokini ortiqcha hisoblayotgani bo\u02bbyicha muammolarni hal etish uchun tezkor guruh <a href=\"https:\/\/kommers.uz\/?p=30821\">tuzilgandi<\/a>. Bundan tashqari, qo\u02bbmita tomonidan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning kiyim do\u02bbkoni reklamasida qatnashishi yuzasidan o\u02bbrganish ishlari olib borilayotgani <a href=\"https:\/\/kommers.uz\/?p=30812\">ma\u02bclum qilingan<\/a>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cIpotekabank\u201d tomonidan joriy qilingan omonat turi bo\u02bbyicha ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan reklama postida omonatning muhim shartlari ochib berilmagani aniqlangan. Reklamaning bunday ko\u02bbrinishda taqdim etilishi foydalanuvchilarni chalg\u02bbitishi mumkin, deb topildi. <\/p>\n","protected":false},"author":18,"featured_media":30882,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/668e3fb600980.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"manual"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":30882,"7B0ecgVieEAP":"Raqobat qo'mitasi tomonidan \u201cIpotekabank\u201dga nisbatan ish ochildi","bhdaZLZhGCGO":0,"hVLxQSJ3U60d":"","CwvlvHGkzug0":"Raqobat qo'mitasi tomonidan \u201cIpotekabank\u201dga nisbatan ish ochildi","IWBN3mDsETuD":"\u201cIpotekabank\u201d tomonidan joriy qilingan omonat turi bo\u02bbyicha ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan reklama postida, omonatning muhim shartlari ochib berilmagani aniqlangan. Reklamaning bunday ko\u02bbrinishda taqdim etilishi foydalanuvchilarni chalg\u02bbitishi mumkin, deb topildi."},"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"ptype":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30881"}],"collection":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/18"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=30881"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30881\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30885,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/30881\/revisions\/30885"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/30882"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=30881"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=30881"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=30881"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=30881"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}