{"id":31186,"date":"2024-10-10T11:31:14","date_gmt":"2024-10-10T06:31:14","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=31186"},"modified":"2024-10-10T11:32:55","modified_gmt":"2024-10-10T06:32:55","slug":"toskent-shahri-75-million-odam-yashaydigan-yirik-megapolisga-aylantiriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kommers.uz\/?p=31186","title":{"rendered":"Toshkent shahri 7,5 million odam yashaydigan yirik megapolisga aylantiriladi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo\u2018lgan davrga mo\u2018ljallangan bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.<\/p>\n<p>Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022 yilda tanishgan edi. Unda berilgan ko\u2018rsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. \u201cToshkentboshplanLITI\u201d korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.<\/p>\n<p>Loyihaga ko\u2018ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o\u2018zgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo\u2018shimcha qurilishlar qilish mumkin bo\u2018ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o\u2018rnida yangi qurilishlar va ta\u2019mirlash amalga oshiriladi.<\/p>\n<figure id=\"attachment_31189\" aria-describedby=\"caption-attachment-31189\" style=\"width: 1280px\" class=\"wp-caption aligncenter\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-31189 size-full\" src=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/29d594a5-4127-bac3-f1e2-e7d41bff3df7_lists_slider_7595.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"851\" srcset=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/29d594a5-4127-bac3-f1e2-e7d41bff3df7_lists_slider_7595.jpg 1280w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/29d594a5-4127-bac3-f1e2-e7d41bff3df7_lists_slider_7595-300x199.jpg 300w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/29d594a5-4127-bac3-f1e2-e7d41bff3df7_lists_slider_7595-1024x681.jpg 1024w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/29d594a5-4127-bac3-f1e2-e7d41bff3df7_lists_slider_7595-768x511.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-31189\" class=\"wp-caption-text\">Foto: Prezident matbuot xizmati<\/figcaption><\/figure>\n<p>Havo harorati ko\u2018tarilishi va avtomobilllar soni oshishini hisobga oloib, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko\u2018paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to\u2018g\u2018ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.<\/p>\n<p>Shaharsozlik talabiga ko\u2018ra, aholi o\u2018z yashash joyidan eng yaqin bog\u2018cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko\u2018rsatish obyektlarigacha ko\u2018pi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmog\u2018i kengaytirilib, bog\u2018lamlar va bekatlar ko\u2018paytiriladi. Yangi yo\u2018llar qurilib, metrobus yo\u2018nalishlari tashkil etiladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillardagi o\u2018sish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.<\/p>\n<p>Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq ma\u2019lumot sifatida joylashtiriladi.<\/p>\n<figure id=\"attachment_31190\" aria-describedby=\"caption-attachment-31190\" style=\"width: 1280px\" class=\"wp-caption aligncenter\"><img decoding=\"async\" class=\"wp-image-31190 size-full\" src=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/c5af4f75-b1b5-9647-dc19-cc3e25a4d70e_lists_slider_7595.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/c5af4f75-b1b5-9647-dc19-cc3e25a4d70e_lists_slider_7595.jpg 1280w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/c5af4f75-b1b5-9647-dc19-cc3e25a4d70e_lists_slider_7595-300x200.jpg 300w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/c5af4f75-b1b5-9647-dc19-cc3e25a4d70e_lists_slider_7595-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/c5af4f75-b1b5-9647-dc19-cc3e25a4d70e_lists_slider_7595-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-31190\" class=\"wp-caption-text\">Foto: Prezident matbuot xizmati<\/figcaption><\/figure>\n<p>Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini ta\u2019kidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O\u2018rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, 9 oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan ham tanishdi.<\/p>\n<p>Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham o\u2018z samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yo\u2018lovchilar soni 5 barobarga oshgan. Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yo\u2018lovchiga xizmat ko\u2018rsata oladi, xolos. Bu \u2013 talabga nisbatan juda past.<\/p>\n<p>Parvozlarni boshqarish va yo\u2018lovchilarga xizmat ko\u2018rsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni ko\u2018paytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qo\u2018nishga majbur bo\u2018layapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan.<\/p>\n<figure id=\"attachment_31188\" aria-describedby=\"caption-attachment-31188\" style=\"width: 1280px\" class=\"wp-caption aligncenter\"><img decoding=\"async\" class=\"wp-image-31188 size-full\" src=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/4afcfba4-44ca-62c0-ba9f-c1cd5835128b_lists_slider_7596.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"853\" srcset=\"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/4afcfba4-44ca-62c0-ba9f-c1cd5835128b_lists_slider_7596.jpg 1280w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/4afcfba4-44ca-62c0-ba9f-c1cd5835128b_lists_slider_7596-300x200.jpg 300w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/4afcfba4-44ca-62c0-ba9f-c1cd5835128b_lists_slider_7596-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/4afcfba4-44ca-62c0-ba9f-c1cd5835128b_lists_slider_7596-768x512.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><figcaption id=\"caption-attachment-31188\" class=\"wp-caption-text\">Foto: Prezident matbuot xizmati<\/figcaption><\/figure>\n<p>Viloyatda mehmonxonalar tarmog\u2018i, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.<\/p>\n<p>Shu bois joriy yil 31 mayda Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog\u2018ida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan edi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo\u2018lovchiga xizmat ko\u2018rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo\u2018lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.<\/p>\n<p>Taqdimotda loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari to\u2018g\u2018risida axborot berildi. Davlat rahbari yangi aeroportda o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta\u2019kidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi bo\u2018yicha tavsiyalar berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Mirziyoyev poytaxtning 2045 yilgacha bo\u2018lgan bosh rejasi bilan tanishdi. Unga ko\u2018ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi, yashil hududlar 25 ming gektarga yetkaziladi hamda jamoat transporti tarmog\u2018i kengaytirilib, bog\u2018lamlar va bekatlar ko\u2018paytiriladi. Shuningdek, davlat rahbari Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan ham tanishdi.<\/p>\n","protected":false},"author":18,"featured_media":31187,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/67077508d4da7.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"manual"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":31187,"7B0ecgVieEAP":"Toshkent shahri 7,5 million odam yashaydigan yirik megapolisga aylantiriladi","bhdaZLZhGCGO":0,"hVLxQSJ3U60d":"\u0418\u049b\u0442\u0438\u0441\u043e\u0434\u0438\u0451\u0442, \u042f\u043d\u0433\u0438\u043b\u0438\u043a\u043b\u0430\u0440","CwvlvHGkzug0":"Toskent shahri 7,5 million odam yashaydigan yirik megapolisga aylantiriladi","IWBN3mDsETuD":"Shavkat Mirziyoyev poytaxtning 2045 yilgacha bo\u2018lgan bosh rejasi bilan tanishdi. Unga ko\u2018ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi, yashil hududlar 25 ming gektarga yetkaziladi hamda jamoat transporti tarmog\u2018i kengaytirilib, bog\u2018lamlar va bekatlar ko\u2018paytiriladi. Shuningdek, davlat rahbari Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan ham tanishdi."},"footnotes":""},"categories":[63,2],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31186"}],"collection":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/18"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=31186"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31186\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31194,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31186\/revisions\/31194"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/31187"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=31186"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=31186"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=31186"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=31186"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}