{"id":31260,"date":"2024-10-17T18:54:24","date_gmt":"2024-10-17T13:54:24","guid":{"rendered":"https:\/\/kommers.uz\/?p=31260"},"modified":"2024-10-17T18:55:56","modified_gmt":"2024-10-17T13:55:56","slug":"ozbekistonning-2025-yilga-moljallangan-asosiy-makroiqtisodiy-korsatkichlari-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kommers.uz\/?p=31260","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonning 2025-yilga mo\u2018ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo\u2018ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.<\/p>\n<p>Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarni ishga solish hisobiga, o\u2018tgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz o\u2018sish kutilmoqda.<\/p>\n<p>Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz o\u2018sdi. Tashqi investorlar ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi.<\/p>\n<p>Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi o\u2018sishi kutilayapti.<\/p>\n<p>Umuman, Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga O\u2018zbekistonda kelgusida ham barqaror iqtisodiy o\u2018sish saqlanib qolishini tasdiqlamoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, dunyo bozorlarida raqobat kuchayib, xomashyo narxlari tez-tez o\u2018zgarayotgan hozirgi sharoitda sanoat va eksportda yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlarni ko\u2018paytirish shartligi ta\u2019kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, mutasaddilarga har bir tarmoq kesimida qo\u2018shilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish bo\u2018yicha uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Bu borada yig\u2018ilishda iqtisodiyot va investitsiya sohasidagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Asosiy soliq stavkalari o\u2018zgarishsiz qolayotgan holatda budjet daromadlarini ko\u2018paytirishning birdan bir yo\u2018li \u2013 soliq ma\u2019murchiligini takomillashtirish ekani qayd etildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun\u2019iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni \u201csoya\u201ddan chiqarish hisobiga bo\u2018lishi kerakligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa hamkorlardan jalb etilgan imtiyozli mablag\u2018larning samaradorligi masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda 2025-yilga mo\u2018ljallangan iqtisodiy rejalar ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda yalpi ichki mahsulot o\u2018sishini saqlab qolish uchun barcha imkoniyat borligi qayd etildi. Buning uchun rejalashtirilgan loyihalarni o\u2018z vaqtida ishga tushirish, transport-logistika, axborot texnologiyalari, agro va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish talab etiladi.<\/p>\n<p>Imtiyozlarning samaradorligini ko\u2018rib chiqish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga kelgusi yilda 78 ta tuman budjet xarajatini o\u2018zi qoplashga o\u2018tkaziladi. Buning uchun yer, mol-mulk va aylanma solig\u2018i to\u2018liq, daromad solig\u2018ining 50 foizi ularning o\u2018zida qoldiriladi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta\u2019lim va sog\u2018liqni saqlashga ajratilayotgan mablag\u2018larni 20 foizga ko\u2018paytirish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda bildirilgan fikrlar asosida 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo\u2018nalishlari belgilab olindi.<\/p>\n<p>Qonunchilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta\u2019minlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Keyingi yilda 78 ta tuman byudjet xarajatini o\u2018zi qoplashga o\u2018tkaziladi. Ta\u2019lim va sog\u2018liqni saqlashga ajratilayotgan mablag\u2018larni 20 foizga ko\u2018paytirish nazarda tutilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":18,"featured_media":31261,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_bbp_topic_count":0,"_bbp_reply_count":0,"_bbp_total_topic_count":0,"_bbp_total_reply_count":0,"_bbp_voice_count":0,"_bbp_anonymous_reply_count":0,"_bbp_topic_count_hidden":0,"_bbp_reply_count_hidden":0,"_bbp_forum_subforum_count":0,"_sharing_image":{"poster":"https:\/\/kommers.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/6711165739c09.jpg","width":1200,"height":630,"template":"26a28dfa","mode":"manual"},"_sharing_image_fieldset":{"xk6e44ialdzo":31261,"7B0ecgVieEAP":"O\u2018zbekistonning 2025-yilga mo\u2018ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlari muhokama qilindi","bhdaZLZhGCGO":0,"hVLxQSJ3U60d":"","CwvlvHGkzug0":"O\u2018zbekistonning 2025-yilga mo\u2018ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlari muhokama qilindi","IWBN3mDsETuD":""},"footnotes":""},"categories":[63,2],"tags":[],"ptype":[30],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31260"}],"collection":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/18"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=31260"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31265,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/31260\/revisions\/31265"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/31261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=31260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=31260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=31260"},{"taxonomy":"ptype","embeddable":true,"href":"https:\/\/kommers.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fptype&post=31260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}