Markaziy bank Oʻzbekistonning 2024-yil iyun oyidagi oltin-valyuta zaxiralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatning xalqaro zaxiralari 1-iyul holatiga koʻra, 293,7 million dollarga qisqarib, 36,3 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Zaxiralar tarkibidagi oltin hajmi rekord darajada oʻsishda davom etmoqda. Xususan, uning qiymati iyun oyida ilk marta 27 milliard dollardan oshib, 27,3 milliard dollarga yetgan. Oltinning fizik hajmi 10 tonnaga oshib, 400 tonnaga yetgan. Xalqaro valyuta zaxiralari esa 797 million dollarga kamayib, 8,4 milliard dollarga tushgan.
Oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga oltin eksportining keskin qisqarishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Oltin sotishning qisqarishi iyun oyida ham davom etgan.


