Oltin narxlarining oʻsishi fonida Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari ketma-ket toʻrtinchi oy rekordlarni yangilab, tarixiy maksimumga yetdi. Markaziy bank hisobotiga koʻra, oktyabr oyida zaxiralar qoldigʻi 2 milliard dollardan koʻproqqa oshib, 43,1 milliard dollarga yetgan.
Oʻz navbatida, zaxiralar tarkibida valyuta hissasi ham 510,9 million dollarga oshgan va qariyb 9,2 milliard dollarga yetgan. Zaxiralarning oltin qismi ham 1,5 milliard dollarga qimmatlashgan holda, 33,4 milliard dollarga yetgan. Oltinning fizik hajmi esa, aksincha 20 ming unsiyaga kamayib, 12 million unsiya darajasida oʻzgarishsiz qolgan.
Zaxiralar tarkibida qimmatli qogʻozlar ulushi 100,9 million dollargacha oshgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2024-yilning iyul oyidan buyon ketma-ket oʻsib bormoqda. Xususan:
- iyulda – 1,06 milliard dollarga;
- avgustda – 1,75 milliard dollarga;
- sentyabrda – 1,98 milliard dollarga;
- oktyabrda – 2 milliard dollarga.


