Yaponiyaga texnik stajyorlik dasturi orqali qurilish ishlariga fuqarolar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati. Ushbu dastur doirasida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar uchun imkoniyat taqdim etilmoqda.
Talablar:
- Yapon tilini N5-N4 darajasida bilish;
- 18-30 yosh oralig‘ida bo‘lish;
- Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lish;
- 3-8 yil davomida ishlashga tayyorlik.
Ish sharoitlari:
- Oylik maosh: 180 000 – 220 000 iyena, ya’ni 1200-1500 AQSH dollari (brutto).
- Ish vaqti: Haftasiga 45 soat (qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida to‘lov belgilanadi).
Ish beruvchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:
- Hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Toshkentdan Tokyogacha aviachipta;
- Aeroportdan kutib olish va ish joyigacha transfer.
- Eslatma: Nomzodlar suhbat orqali tanlab olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=852. Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.


