Асосий мазмунга ўтиш
9 август · Якшанба USD 11 915,64 ▲ +0,2% EUR 13 749,46 ▲ +0,2% Маълумот: Марказий банк
Янгиликлар

O‘zbekistonliklar Xitoyga vizasiz safar qilishi mumkin bo‘ladi

Xalqaro shartnoma tomonlar zarur davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi. Bu esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligining xabariga ko’ra, 2024-yil 1-dekabr kuni Xitoyning Chendu shahrida O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Xitoy fuqarolariga ikki davlat hududlariga 30 kungacha viza talablaridan ozod bo‘lib safar qilish imkoniyatini yaratadi.

Bitimga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, chiqish yoki tranzit qilish uchun viza olish shartidan ozod etiladi. Hujjatni imzolash, ikki davlat o‘rtasidagi savdo, turizm va madaniy aloqalarni yanada faollashtirish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.