Oʻzbekistonda ilk bor yashil bogʻlarni tashkil etish boʻyicha jamoatchilik tashabbuslarini moliyalashtirishga qaratilgan “Mening bogʻim” loyihasi boʻlib oʻtdi. Loyiha uchun 10-iyundan 20-iyunga qadar qiymati 250 million soʻmdan oshmagan tashabbuslar qoldirildi. Tashabbuslarni saralash 20-23-iyun kunlari olib borilib, 23-iyundan 3-iyulgacha ovoz berish oʻtkazildi.
Ovoz berish jarayonlari yakunlari boʻyicha 215 ta loyiha gʻolib deb topildi. Ularni moliyalashtirish uchun 48,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Gʻolib loyihalar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.


