2025-yil 1-fevraldan boshlab, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yuqori tezlikda harakatlanuvchi hamda tez yurar poyezdlarda chipta narxlari oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi narxlar quyidagicha bo‘ladi:
– Toshkent – Buxoro:
– VIP: 994 000 so‘m
– Biznes: 751 000 so‘m
– Ekonom: 484 000 so‘m
– Toshkent – Qarshi:
– VIP: 854 000 so‘m
– Biznes: 634 000 so‘m
– Ekonom: 406 000 so‘m
– Toshkent – Samarqand:
– VIP: 619 000 so‘m
– Biznes: 450 000 so‘m
– Ekonom: 294 000 so‘m
«Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarining chipta narxlari 25 foizga, shuningdek, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tezyurar yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari 30 foizga oshirilmoqda. Bunga temir yo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilg‘i, transport xarajatlari va poyezd parkini yangilash kabi omillar sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, yangi yuqori tezlikdagi poyezdlar xarid qilinishi va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash ishlari davom ettirilmoqda. Poyezd vokzallarining zamonaviy talablar asosida yangilanishi hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish ham narx oshishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.


