Асосий мазмунга ўтиш
8 август · Шанба USD 11 915,64 ▲ +0,2% EUR 13 749,46 ▲ +0,2% Маълумот: Марказий банк
Иқтисодиёт ва молия

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi o‘rganiladi

Shveysariya O‘zbekistonning raqamli savodxonligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida 149 655 AQSH dollari (taxminan 2 milliard so‘m) miqdorida grant ajratdi. Ushbu mablag‘lar IT-ta’lim sohasini rivojlantirish, aholining raqamli ko‘nikmalarini tahlil etish va talab yuqori bo‘lgan kasblarni aniqlashga yo‘naltiriladi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati

Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga bergan ma’lumotiga ko’ra, Shveysariyaning Toshkentdagi elchixonasida O‘zbekiston bilan Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi (EDA) o‘rtasida grant shartnomasi imzolandi. Grant mablag‘lari doirasida, ayniqsa, qishloq aholisi, kam ta’minlangan fuqarolar, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni raqamli texnologiyalar sohasida o‘qitish va ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor beriladi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati

Bundan tashqari, IT-ta’lim sohasida resurslar agregatorini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu platforma o‘zbek talabalariga raqamli ko‘nikmalarini oshirishda yordam beradi. Shuningdek, o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va EDAning O‘zbekistondagi vakili Andrin Fink o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda IT-ta’limni yanada rivojlantirish va yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish rejalari ham muhokama qilindi.