2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar importi ilk bor benzinli avtomobillardan oshib ketdi

16:00 · 11.01.2025

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi o‘rganiladi

14:27 · 10.01.2025

AI-80 benzinining sotilishi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin

13:50 · 09.01.2025

Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari narxlari oshadi

13:58 · 08.01.2025

2024-yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 milliard dollarga oshdi

13:02 · 08.01.2025

Markaziy bank bir fuqaroga beriladigan bank kartalari sonini chekladi

16:56 · 07.01.2025

O‘zbekiston pasportining jahon reytingidagi o‘rni o‘zgardi

15:44 · 07.01.2025

Endi haydovchilar Nyu-York markaziga kirish uchun 9 dollar to’lashlari kerak bo’ladi

16:07 · 06.01.2025

O‘zbekistonning ba’zi tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan oshdi

14:24 · 06.01.2025

1-fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar chipta narxlari oshiriladi

10:38 · 06.01.2025

«Askiya» bozori hududi bo‘yicha auksion g‘olibi aniqlandi

17:42 · 25.12.2024

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining bir oylik o‘zgarishlari

13:49 · 24.12.2024

Kaliforniya 2035-yildan faqat elektromobillarni sotishga ruxsat beradi

16:21 · 23.12.2024

Soliq imtiyozlari, nufuzli mehmonxona brendlari, YAIM bo‘yicha rejalar: prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida nimalar haqida so‘z bordi?

18:29 · 20.12.2024

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori mustahkamlanib bormoqda

14:14 · 19.12.2024

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini 2026-yilgacha uzaytirdi

12:21 · 19.12.2024

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airways va Silk Avia kompaniyalarini bozor liderlari deb topdi

16:02 · 17.12.2024

Endi oilaviy korxonalarga 300 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi

18:54 · 16.12.2024

2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar importi ilk bor benzinli avtomobillardan oshib ketdi

O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar importi birinchi marta benzinli avtomobillar importidan oshib ketdi. Yangi quvvat manbalari bilan ishlaydigan avtomobillarning bozorga kirib kelishi ularning umumiy ulushining 55,7 foizgacha ko‘tarilishiga olib keldi.

2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar importi ilk bor benzinli avtomobillardan oshib ketdi

Elektromobillar va gibrid avtomobillar importi, birinchi marta, benzinli avtomobillardan oshib ketdi. Bu haqda «Spot» nashri, Bojxona qo‘mitasi statistikasiga asoslanib, xabar berdi.

O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga 80 mingdan ortiq yengil avtomobil olib kelingan bo‘lib, jami import hajmi 1,27 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 33,2 foizga kamaygan. Shuningdek, import qilinayotgan avtomobillar soni 7 foizga qisqargan.

Benzinli avtomobillarning importi sezilarli darajada pasayib, 32,98 ming dona (36,3 foizga kamayish) benzinli avtomobil olib kelingan. Import qiymati esa 1,18 milliard dollardan 707,2 million dollargacha (40 foiz) qisqargan. Xorijiy avtomobillarning o‘rtacha narxi esa 6 foizga pasayib, 21,47 ming dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, «yashil» avtotransport vositalariga bo‘lgan talab oshgan. Masalan, elektromobillar importi 16 mingdan 24 ming donagacha ko‘paygan, ammo ularning qiymati 224,8 million dollarga tushgan, elektromobillarning o‘rtacha narxi esa 3 barobar arzonlashib, 9,33 ming dollarni tashkil etgan. Gibrid avtomobillar importi 42 foizga oshib, 17,48 ming dona yetkazib berilgan. Bu yo‘nalishdagi import qiymati 339,3 million dollarga teng bo‘lgan, gibridlarning o‘rtacha narxi esa 19,41 ming dollarga tushgan.

Natijada, 2024-yilda O‘zbekistonga import qilinayotgan ichki yonuv dvigatelli avtomobillarning ulushi 64,4 foizdan 44,2 foizgacha kamaygan, elektromobillarning ulushi 20 foizdan 32,3 foizgacha o‘sgan. Gibrid avtomobillar ulushi esa 15,3 foizdan 23,4 foizgacha ko‘paygan. Yangi energiya manbalari bilan ishlaydigan avtomobillar birinchi marta benzinli mashinalardan oshib, umumiy import hajmining 55,7 foizini tashkil etgan.

Dizel dvigatelli avtomobillar importi esa sezilarli darajada kamayib, 22 dona import qilingan. Biroq, dizel avtomobillarining import qiymati 45,9 foizga oshib, 5 million dollardan yuqoriga chiqqan.

2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar importi ilk bor benzinli avtomobillardan oshib ketdi
Иқтисодиёт 16:00 · 11.01.2025
2024-yilda O‘zbekistonda elektromobillar importi ilk bor benzinli avtomobillardan oshib ketdi
O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi o‘rganiladi
Иқтисодиёт 14:27 · 10.01.2025
O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi o‘rganiladi
AI-80 benzinining sotilishi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin
Янгиликлар 13:50 · 09.01.2025
AI-80 benzinining sotilishi 2025-yil oxirigacha cheklanishi mumkin
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari narxlari oshadi
Иқтисодиёт 13:58 · 08.01.2025
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish xizmatlari narxlari oshadi
2024-yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 milliard dollarga oshdi
Иқтисодиёт 13:02 · 08.01.2025
2024-yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,6 milliard dollarga oshdi
Markaziy bank bir fuqaroga beriladigan bank kartalari sonini chekladi
Иқтисодиёт, Янгиликлар 16:56 · 07.01.2025
Markaziy bank bir fuqaroga beriladigan bank kartalari sonini chekladi