Асосий мазмунга ўтиш
7-август · Жума USD 11 915,64 ▲ +0,2% EUR 13 749,46 ▲ +0,2% Маълумот: Марказий банк
Рейтинг

O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqoriladi

O‘zbekiston BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini aks ettiruvchi Elektron hukumat indeksida 63-o‘ringa ko‘tarilib, juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Bu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshgan.

BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan tashkilotga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi «UN E-Government Survey»ning 2024-yilgi natijalari «Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e’lon qilindi.

Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,72 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,79 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.

O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

Ushbu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko’rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.

Ma’lumot uchun, EGDI o‘z ichiga uchta kichik indeks: telekommunikatsiya infratuzilmasi, inson kapitali va onlayn xizmatlar indekslarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, Oʻzbekiston bu borada mos ravishda 0,87, 0,75 va 0,76 koʻrsatkichga ega.