Xitoyning Tencent kompaniyasi 25-setyabr kuni «Honor of Kings» o’yinining yangi mavsumida qanday yangilanishlar kutilayotganini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o’yinning yangi mavsumida geymerlar yangi qahramon – Dyadia’ni sinab ko’rishlari mumkin bo’ladi. Shuningdek, kutilayotgan mavsumda o’yinga yangi rejimlar ham qo’shiladi. Dyadia o’yinga qo’shilayotgan 92-qahramon bo’lib, u o’yinning Xitoycha versiyasida Shao Siyuan nomi bilan chiqarilgan.
Dyadia o’yin davomida dushmanlardan oltin o’g’irlashi, sheriklarini davolashi, olomonni boshqarishi va dushmanlarga zarar yetkazishi mumkin. Dyadia qancha ko’p oltin olsa, shuncha tezroq harakat qila boshlaydi. Har 7,5 soniyada Dyadia kuchayib, uning hujum tezligi ortadi. Dyadia, shuningdek, «Heartlink» yordamida jamoadoshlarini davolashi hamda qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etish orqali ularni qo’llab-quvvatlashi mumkin. Dyadianing xususiyatlari va imkoniyatlari haqida quyidagi videoda batafsil ko’rsatib berilgan.
Bundan tashqari, o’yin moderatorlari yana boshqa yangiliklarni ham e’lon qildi. UNga ko’ra, bugun, 27-sentyabrdan boshlab har juma Honor of Kings’ning reyting o’yinlarida ishtirok etib, sovrinlarni yutib olish imkoni mavjud.


