Bill Geyts nima uchun sunʼiy intellektning kelajagidan xavotirda?
Microsoft asoschisi sun’iy intellekt bilan bog’liq uchta xavotiri haqida gapirdi. Tadbirkor ushbu texnologiya yovuz niyatlarda foydalanilishi, ish o‘rinlarining yo‘qolishiga ta’sir qilishi va inson nazoratidan chiqib ketib, uning o‘ziga qarshi ishlashi mumkinligini ta’kidlagan.
Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqinda bergan intevryusida sunʼiy intellekt borasidagi oʻzining uchta xavotiri bilan oʻrtoqlashdi. Geyts sunʼiy intellektning kelajagi haqida doim optimistik fikr bildib kelganiga qaramay, u ushbu texnologiyaning salbiy taʼsirini ham eʼtibordan chetda qoldirmadi.
Birinchidan, Bill Geyts yovuz niyatli kishilar sunʼiy intellektdan kiberjinoyatlar, bioterrorizm va davlatlararo urushlar uchun foydalanishi mumkinligini taʼkidlagan. U buning oldini olish uchun mamlakatlar birgalikda harakat qilishi kerakligini aytgan.
Geytsning ikkinchi tashvishi sunʼiy intellektning ish oʻrinlari yoʻqolishiga sabab boʻlishi mumkinligida. Hozirda sunʼiy intellekt shifokorlarga kasalliklarga aniq tashxis qoʻyishda, savdo va texnik sohalardagi xodimlarga ayrim vazifalarni bajarishda yordamchi boʻlishi, shu bilan birga, ularning ish kunlarini yaxshigina qisqartirishi mumkin. Bill Geytsning fikricha, mehnat bozori bunday katta oʻzgarishlarni qabul qilishga tayyor boʻlishi kerak.
Shuningdek, tadbirkor sunʼiy intellekt inson nazoratidan chiqib ketishi va uning oʻziga qarshi ishlashi haqidagi xavotirlarga toʻxtalgan.