Asosiy mazmunga o'tish
7-avgust · Juma USD 11 915,64 ▲ +0,2% EUR 13 749,46 ▲ +0,2% Ma'lumot: Markaziy bank
Янгиликлар

O‘zbekistonda metrodan foydalanuvchilar soni 163 foizga oshdi

2024-yilning to‘qqiz oyi davomida 190,1 million nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 73,4 million nafarga ko‘p hisoblanadi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 190,1 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 73,4 mln nafar yo‘lovchiga ko‘paygan bo‘lib, o‘sish sur’ati 162,9 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda metropolitenda qariyb 102 мillion yo‘lovchi tashilgan. Shuningdek, 2022-yilda 136 million nafar, 2023-yilda 162,7 million nafar yo‘lovchi tashilgan.