Ўзбекистонда камбағаллик чегараси 715 минг сўм деб белгиланди

15:40 · 05.03.2026

Бухгалтерия ҳисобини юритиш бўйича йўриқномага ўзгартириш киритилди

14:33 · 05.03.2026

Ўзбекистонда ўзини ўзи банд қилган шахсларга ҳам ипотека кредитларини ажратиш бошланади

12:11 · 05.03.2026

Энди «декрет» пули миқдорини онлайн билиб олиш мумкин

11:05 · 05.03.2026

Инвестицион тўловлар ҳисобидан Тошкентда 139,6 гектарлик янги яшил зоналар яратилади

14:44 · 04.03.2026

Ўзбекистон январда олтиннинг дунёдаги энг йирик харидорига айланди

14:19 · 04.03.2026

«Бу мажбурий талаб эмас» — МБ пластик картадан пул ўтказишга изоҳ бериш ҳақида

10:51 · 04.03.2026

“Валюта курсини ушлаб туриш имконсиз” — МБ раиси ўринбосари

10:01 · 04.03.2026

Аҳоли ва бизнесга ажратилган кредитлар миқдори кескин ошди

15:17 · 03.03.2026

Банкларда автокредитлар фоизи рекорд даражада пасайди

13:23 · 03.03.2026

Ўзбекистонда картадан картага пул ўтказишда тўлов мақсадини кўрсатиш талаб этилиши мумкин

12:22 · 03.03.2026

Ўзбекистон олтин захиралари бўйича дунёда 14 ўринни эгаллади

9:19 · 03.03.2026

АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши зарбалари фонида олтин нархи ошмоқда

14:35 · 02.03.2026

Сўмдаги тижорат кредитларининг ўртача ставкалари 23 фоизга яқинлашди

10:11 · 02.03.2026

Ўзбекистонда январь ойида қайси автомобиль энг кўп ишлаб чиқарилгани маълум бўлди

8:57 · 02.03.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

10:06 · 28.02.2026

Январда сўмдаги омонатлар бўйича ўртача ставка 0,5 фоизга ошди

13:51 · 27.02.2026

Ўзбекистонда ягона солиқ ҳисобварағи жорий этилиши мумкин

12:35 · 27.02.2026

Raqamli sud: Yangi O‘zbekistonda zamonaviy sud islohotlari

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri – sud tizimini to‘liq raqamlashtirishdir.

Raqamli sud: Yangi O‘zbekistonda zamonaviy sud islohotlari

Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 21-avgustida qabul qilingan navbatdagi muhim hujjat bilan sud ishlarini yuritishni raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha muhim huquqiy asos yaratdi. Mazkur farmonda sud faoliyatini avtomatlashtirish, sud ishlarida qog‘oz hujjat aylanmasidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda elektron tizimga to‘liq o‘tish vazifalari belgilandi.

Mazkur farmon bilan sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari ham tasdiqlangan, ya’ni, 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi orqali 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish; 2025-yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish; 2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish modulini joriy etish, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlarini avtomatik yetkazish; 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki sud ma’lumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish; 2026-yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lgan yangi versiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Davlat rahbarining 2025-yil 24-noyabrda qabul qilgan “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari esa sud-huquq islohotlarining navbatdagi muhim bosqichi sifatida e’tirof etildi. Farmonga ko‘ra, sudyalarni tayinlash tartibi ikki bosqichli qoidalar asosida amalga oshirilishi belgilab olindi: dastlab 5 yillik muddatga, keyin esa muddatsiz lavozimga tayinlash. Sudyalar korpusida gender tengligini ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasi kasbiy qayta tayyorlash kurslariga xotin-qizlar uchun maxsus kvota joriy etildi.

Nazariyaga ko‘ra, XXI asrni texnokratik nazariya asosi desak, bunda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etilishi sud ishlarini ko‘rib chiqish jarayonlarini tezlashtirish, sud xarajatlarini hisoblash, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlash kabi funksiyalarni avtomatlashtirish imkoniyatlari fuqarolarga qulayliklar yaratishi ularning ma’muriy hujjatbozlikdan qutqaradi va ortiqcha sansalorlikka yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni, fuqarolar emas, hujjatlar aylanmoqda…

Yuqoridagi farmonda aytilganidek, “Raqamli sud” konsepsiyasi sud hokimiyati faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik va adolatni ta’minlashga yana bir bor xizmat qilmoqda.

Shulardan kelib chiqib, 2025-yilning 26-dekabrida davlat rahbarining xalqimiz va Oliy Majlisga Murojaatnomasi e‘lon qilinadi. Uning oltinchi ustuvor yo‘nalishi sud-huquq islohotlariga bag‘ishlanadi. Unga ko‘ra, davlat rahbari bir qator istiqboli islohotlarni amalga oshirilishi o‘qib eshittiradi. Xususan, “Raqamli sud” konsepsiyasi doirasida tergovdan boshlab sudga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar sun’iy intellekt texnologiyalari orqali avtomatlashtirilishi aytildi, bu esa inson omilini qisqartirish va ishlarni tezkor va samarali yuritish imkonini beradi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab tergov sudyalariga sanksiya va majburlov choralarini o‘zgartirish va bekor qilish huquqi berilishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, har bir instansiyada jamoatchilik ishtirokini oshirish orqali odil sudlov jarayonlari shaffofligi ta’minlash belgilab olindi.

Shundan kelib chiqib, biz Prezident murojaatnomasini strategik rivojlanish dasturi, strategik hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos deya ta’riflab o‘tsak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

M.Sadikov, Toshkent davlat yuridik universiteti, dotsenti, yu.f.f.d

Ўзбекистонда камбағаллик чегараси 715 минг сўм деб белгиланди
Янгиликлар 15:40 · 05.03.2026
Ўзбекистонда камбағаллик чегараси 715 минг сўм деб белгиланди
Бухгалтерия ҳисобини юритиш бўйича йўриқномага ўзгартириш киритилди
Янгиликлар 14:33 · 05.03.2026
Бухгалтерия ҳисобини юритиш бўйича йўриқномага ўзгартириш киритилди
Ўзбекистонда ўзини ўзи банд қилган шахсларга ҳам ипотека кредитларини ажратиш бошланади
Янгиликлар 12:11 · 05.03.2026
Ўзбекистонда ўзини ўзи банд қилган шахсларга ҳам ипотека кредитларини ажратиш бошланади
Энди «декрет» пули миқдорини онлайн билиб олиш мумкин
Янгиликлар 11:05 · 05.03.2026
Энди «декрет» пули миқдорини онлайн билиб олиш мумкин
Инвестицион тўловлар ҳисобидан Тошкентда 139,6 гектарлик янги яшил зоналар яратилади
Янгиликлар 14:44 · 04.03.2026
Инвестицион тўловлар ҳисобидан Тошкентда 139,6 гектарлик янги яшил зоналар яратилади
Ўзбекистон январда олтиннинг дунёдаги энг йирик харидорига айланди
Янгиликлар 14:19 · 04.03.2026
Ўзбекистон январда олтиннинг дунёдаги энг йирик харидорига айланди