Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvida viloyatda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, loyiha qiymati 30 million dollarni tashkil etishi, birinchi bosqichda 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach, 2 000 kishi ishlashi to‘g‘risida xitoylik investorlar tomonidan axborot berilgan.
Loyihani sanoat zonalariga joylashtirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, loyihani amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya kompaniyasi Jizzax viloyatida barqaror chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish boʻyicha umumiy qiymati 6,2 mln dollarga teng boʻlgan 4 yillik grant loyiha bitimini imzolagandi.


