Birinchi Starship raketalari ikki yil ichida Marsga yuborilishi mumkin. Bu haqda Space X asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar esa Marsga atigi to‘rt yil ichida uchiriladi.
“Taxminan ikki yildan so‘ng yana bir sayyorada yashash imkoniyati yaratilishi mumkin. Va keyin biz Marsga birinchi Starship raketalarini jo‘natmoqchimiz. Menimcha, ikki yil ichida hatto bir nechta raketalar ham bo‘lishi mumkin. Va agar ular muvaffaqiyatli qo‘nsa va Marsdagi kraterlar soni oshmasa, to‘rt yildan keyin u yerga odamlarni jo‘natishimiz mumkin bo‘ladi”, deydi Mask.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Marsga birinchi bo‘lib uchadigan odamlar u yerdagi “noqonuniy muhojir”larga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask ayni damda AQSh Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.


