Ўзбекистонда ярим йилда 13,1 трлн сўмлик ипотека кредити ажратилди

14:53 · 27.07.2026

Ўзбекистонда банклар ярим йилда қанча соф фойда кўргани очиқланди

11:37 · 27.07.2026

Ўзбекистонда ўртача ойлик иш ҳақи 7 млн сўмдан ошди

9:48 · 27.07.2026

Аҳолининг банклардан қарздорлиги бир йилда 39 трлн сўмга ортди

8:44 · 27.07.2026

Жаҳон банки дунё мамлакатларининг янги даромад рейтингини эълон қилди

11:16 · 25.07.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

9:26 · 25.07.2026

Тошкентдаги Шаҳрисабз кўчасида BRT йўлаги қурилиши бошланади

15:47 · 24.07.2026

Уй-жой субсидияси учун аризалар қабули 27 июль куни бошланади

11:46 · 24.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли ярим йилда банкларга 12,3 млрд доллар сотди

10:18 · 24.07.2026

Мол-мулк солиғи бўйича имтиёздан қандай фойдаланиш мумкин

13:58 · 23.07.2026

2026 йилда қайси давлатларнинг қарзи энг катта бўлади?

11:16 · 23.07.2026

Марказий банк иловаларга киришда биометрик текширув ва P2P ўтказмалар қоидаларини юмшатмоқчи

10:05 · 23.07.2026

Солиқ ҳуқуқбузарликлари ҳақида хабар берганларга 20,2 млрд сўм мукофот берилди

17:43 · 22.07.2026

Ўзбекистонда қиймати 100 трлн сўмлик давлат активлари савдога чиқарилади

17:52 · 21.07.2026

Президент банкларнинг маҳалладаги ишидан мутлақо норози эканини айтди

15:23 · 21.07.2026

Давлат бюджетига бошқарув ва қарз харажатлари юкламаси ортади — таҳлил

15:17 · 21.07.2026

Ўзбекистонда 2027 йилда ўртача пенсия миқдори 1,8 млн сўм атрофида бўлади — прогноз

12:22 · 21.07.2026

Олтин нархлари ошгани ҳисобига Ўзбекистон бюджети даромадлари режадан 19 фоизга кўп бўлади

11:19 · 21.07.2026

«O‘zbekiston korxonalari JST talablariga javob bera oladi»- Jahongir Ortiqxo‘jayev

Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. Tadbirkor, JSTga qo‘shilish mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar qilishi mumkin degan xavotirlarni noo‘rin ekanini aytdi.

«O‘zbekiston korxonalari JST talablariga javob bera oladi»- Jahongir Ortiqxo‘jayev

Tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi. U 29-noyabr kuni «Toshkent yoshlarni sevadi» oyligi doirasida o‘tkazilgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda, JSTga qo‘shilish mahalliy ishlab chiqaruvchilarga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi, balki xorijga eksportni oshirish imkoniyatlarini yaratadi, dedi.

Ortiqxo‘jayev JSTga qo‘shilish mahalliy bozorga zarar yetkazishi mumkin degan prognozlarni «noo‘rin qo‘rquv» deb atadi. «Masalan, tashkilotga a’zo davlat — AQShga yangi rahbar Tramp kelyapti. U Meksika bilan Kanadaga bojni 25 foizga, Xitoyga 10 foizga oshirmoqchi. Bu esa JST qoidalariga ziddir. Ya’ni, bitta rahbar almashishi bilan savdo tashkiloti qonun-qoidalarini o‘zgartirishning imkoni yo‘q», deydi Ortiqxo‘jayev.

Shuningdek, tadbirkor, JSTga qo‘shilish O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishini va bu jarayonda sifatning oshishini ta’kidladi. «Biz importdan emas, bizga ochilayotgan boshqa davlatlarga xursand bo‘lishimiz kerak. Ya’ni, bizning mahsulotlarimizni boshqa davlatlarga ham sotish imkoniyati ko‘payadi. Tanganing ikkinchi tomoni bor. Hamma biz yutqazamiz, deb o‘ylashi mumkin, lekin yutadigan joylarimiz ham ko‘p. Va faqat sifat oshadi, xalqqa va davlatga foyda keltiradi», dedi u.

Ortiqxo‘jayev, O‘zbekistonning ko‘pgina korxonalari JSTning har qanday talablariga javob bera oladigan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. «Katta bir zarar yoki qo‘rqinchli hodisa yuz beradi deb o‘ylamayman», dedi tadbirkor.

Noyabr oyi boshida O‘zbekiston AQSh bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlagan edi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan bu muzokaralarni yakunlagan 21-davlat bo‘ldi. 29-noyabr kuni esa Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan. Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov «22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, ko‘p qolmadi», deya ta’kidladi. 2-dekabr kuni Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘z nihoyasiga yetdi.

Ўзбекистонда ярим йилда 13,1 трлн сўмлик ипотека кредити ажратилди
Янгиликлар 14:53 · 27.07.2026
Ўзбекистонда ярим йилда 13,1 трлн сўмлик ипотека кредити ажратилди
Ўзбекистонда банклар ярим йилда қанча соф фойда кўргани очиқланди
Янгиликлар 11:37 · 27.07.2026
Ўзбекистонда банклар ярим йилда қанча соф фойда кўргани очиқланди
Ўзбекистонда ўртача ойлик иш ҳақи 7 млн сўмдан ошди
Янгиликлар 9:48 · 27.07.2026
Ўзбекистонда ўртача ойлик иш ҳақи 7 млн сўмдан ошди
Аҳолининг банклардан қарздорлиги бир йилда 39 трлн сўмга ортди
Иқтисодиёт, Янгиликлар 8:44 · 27.07.2026
Аҳолининг банклардан қарздорлиги бир йилда 39 трлн сўмга ортди
Жаҳон банки дунё мамлакатларининг янги даромад рейтингини эълон қилди
Янгиликлар 11:16 · 25.07.2026
Жаҳон банки дунё мамлакатларининг янги даромад рейтингини эълон қилди
Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?
Янгиликлар 9:26 · 25.07.2026
Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?