Jizzaxdagi zavodda ilk BYD elektromobillari ishlab chiqarildi

14:44 · 27.06.2024

Тошкентдан тўртта вилоятга экспресс контейнер поездлари қатновлари йўлга қўйилади

18:32 · 10.02.2023

Ўзбекистонда карам етиштирувчилар аномал совуқ туфайли катта зарар кўрди

15:01 · 10.02.2023

Ўзбекистондан Афғонистонга темир йўл қатнови 10 февралдан тикланди

14:21 · 10.02.2023

Ўзбекистон Малайзияда ипакчилик бўйича қўшма корхона ташкил этади

13:27 · 10.02.2023

Самарқанд шаҳри халқаро туризм ва бизнес марказига айлантирилади

12:51 · 10.02.2023

Ўзбекистон, Қозоғистон ва Россия уч томонлама «газ иттифоқи» тузишни тезлаштирмоқда

11:46 · 10.02.2023

«IMEI-кодни рўйхатдан ўтказишни бепул қилгач, жавобгарлик белгиласа бўлади» — Кушербаев

11:06 · 10.02.2023

Meta икки йиллик тақиқдан сўнг Дональд Трампнинг Facebook ва Instagram аккаунтларини тиклади

10:24 · 10.02.2023

Ўзбекистон авиа юк ташувлари соҳасида E-freight халқаро стандарти жорий этилади

20:45 · 09.02.2023

Food city савдо мажмуасидан Қўйлиқ 7-метро бекатигача бепул автобус ҳаракати йўлга қўйилди

18:52 · 09.02.2023

Миср компанияси Ўзбекистонда трансформатор ишлаб чиқариш корхонасини ташкил этади

18:05 · 09.02.2023

Тошкент йўл инфратузилмасини яхшилашда Япония компаниясининг 3D камераларидан фойдаланилиши мумкин

16:40 · 09.02.2023

Тошкент халқаро аэропортида йўловчиларни кутиб олиш учун бир нечта зоналар қурилади

15:47 · 09.02.2023

Транзит, нефть ва туризм: зилзила Туркия иқтисодиётига қандай зарба берди?

14:21 · 09.02.2023

ОТБ Ўзбекистонга иқтисодий бошқарувни яхшилаш учун 150 млн доллар ажратди

13:29 · 09.02.2023

SpaceX Украина ҳарбийларига Starlink ёрдамида дронларни бошқаришни тақиқлади

12:44 · 09.02.2023

Mercator Group савдо тармоғи Ўзбекистонда филиалини очади

11:30 · 09.02.2023

Jizzaxdagi zavodda ilk BYD elektromobillari ishlab chiqarildi

Loyihaning dastlabki bosqichi umumiy qiymati 160 million AQSh dollariga teng bo‘lib, yiliga 50 mingtagacha elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish koʻzda tutilgan. Hozirgi paytda zavodda 1200 kishi mehnat qilmoqda. Barcha uchta bosqich joriy etilgach, ish oʻrinlari 10 mingtaga yetadi.

Jizzaxdagi zavodda ilk BYD elektromobillari ishlab chiqarildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida “BYD Uzbekistan Factory” zavodini borib ko‘rdi hamda zavodda ishlab chiqarilgan ilk elektromobilga imzo qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, ushbu zavod davlat rahbarining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga tashrifi chog‘ida ishga tushgandi.  Loyihaning umumiy qiymati 160 million dollarlik birinchi bosqichida yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Buning uchun qoʻshma korxona zamonaviy sanoat infratuzilmasi bilan taʼminlangan. Qariyb 2 kilometrlik temir yoʻl tortilgan hamda ichlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash uchun butlovchi qismlar ombori, 1200 ta konteyner sigʻimiga ega logistika markazi qurilgan.

Zavodga Xitoydan robotlashtirilgan tizimlar va uskunalar keltirib oʻrnatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilgan. Elektromobilning geometrik oʻlchamlarini yuqori aniqlikda tekshiruvchi laboratoriya tashkil qilingan.

Hozirda bu yerda Chazor va Song Plus Champion modellari ishlab chiqarilmoqda.

Kelgusi yillarda zavodda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish koʻzda tutilgan.

Eng avvalo, bamper, oyna, lak-buyoq, plastik qismlarni O‘zbekistonda tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Keyinchalik akkumulyator, elektr dvigatel, alyuminiy qismlar, shinalar, oʻrindiqlar ishlab chiqarishga oʻtiladi.

Mazkur yangi tarmoqda mutaxassislarni tayyorlash uchun “R&D markazi” tashkil etish, ilm va muhandislik yutuqlarini izchil qoʻllab borish zarurligi taʼkidlandi. Mahalliylashtirish loyihalari orqali mahsulot tannarxini tushirish choralari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda korxonada 1200 kishi ishlamoqda. 2023-yilda 200 nafar xodim “Uzautomotors” zavodlarida malaka oshirgan bo‘lsa, 2024-yil yana 92 nafar mutaxassis Xitoyning Sian va Chansha shaharlarida sifat nazorati, texnologiya, taʼminot, uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlarda malaka oshiradi. Barcha uch bosqich joriy etilgach, ish oʻrinlari 10 mingtaga yetadi.

Foto: Daryo.uz

Davlat rahbari zavoddagi mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha axborotni tingladi hamda xitoylik hamkorlar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Prezident zavoddan chiqqan ilk elektromobilda o‘z imzosini qoldirdi.

Jizzaxdagi zavodda ilk BYD elektromobillari ishlab chiqarildi
Иқтисодиёт, Янгиликлар 14:44 · 27.06.2024
Jizzaxdagi zavodda ilk BYD elektromobillari ishlab chiqarildi
Тошкентдан тўртта вилоятга экспресс контейнер поездлари қатновлари йўлга қўйилади
Бизнес 18:32 · 10.02.2023
Тошкентдан тўртта вилоятга экспресс контейнер поездлари қатновлари йўлга қўйилади
Ўзбекистонда карам етиштирувчилар аномал совуқ туфайли катта зарар кўрди
Бизнес 15:01 · 10.02.2023
Ўзбекистонда карам етиштирувчилар аномал совуқ туфайли катта зарар кўрди
Ўзбекистондан Афғонистонга темир йўл қатнови 10 февралдан тикланди
Янгиликлар 14:21 · 10.02.2023
Ўзбекистондан Афғонистонга темир йўл қатнови 10 февралдан тикланди
Ўзбекистон Малайзияда ипакчилик бўйича қўшма корхона ташкил этади
Бизнес 13:27 · 10.02.2023
Ўзбекистон Малайзияда ипакчилик бўйича қўшма корхона ташкил этади
Самарқанд шаҳри халқаро туризм ва бизнес марказига айлантирилади
Бизнес 12:51 · 10.02.2023
Самарқанд шаҳри халқаро туризм ва бизнес марказига айлантирилади