“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi
“Tashabbusli byudjet” uchun loyihalarni kiritish 6-iyuldan 26-iyulga qadar davom etadi. Shundan soʻng, 15-avgustgacha loyihalar saralanib, bir hafta davomida ularning targʻiboti oʻtkaziladi. Ovoz berish jarayoni esa 22-avgustdan 1-sentyabrgacha olib boriladi.

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, loyihalarni kiritish jarayoni 6-iyuldan 26-iyulga qadar davom etadi. Loyihalar 26-iyuldan 15-avgustgacha saralanib, shundan soʻng, bir haftda davomida ularning targʻiboti oʻtkaziladi. Ovoz berish jarayoni esa 22-avgustdan 1-sentyabrgacha olib boriladi.
Joriy mavsum uchun tuman va shaharlar byudjetidan 2 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Loyihalarning eng yuqori qiymati esa 1,36 milliard soʻmni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet”ning bu yilgi birinchi mavsumi 1-fevraldan boshlanib, gʻolib loyihalar aprel oyida eʼlon qilingan edi.


