2024-yilning yanvar-avgust oylarida 138 661 ta tashkilot 16 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Shu bilan birga 2 927 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,1 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. 7 185 ta korxona 22,5 trln so‘m miqdorida QQS «nol» stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS – 8 trln so‘m;
- foyda solig‘i – 2,3 trln so‘m;
- yer solig‘i – 1,9 trln so‘m;
- ijtimoiy soliq – 1,9 trln so‘m;
- JShODS – 884,7 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i – 801,6 mlrd so‘m;
- AOS – 139 mlrd so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 mlrd so‘m.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.


