Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди

17:45 · 04.08.2026

Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди

15:47 · 04.08.2026

Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади

15:21 · 04.08.2026

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026

МБ банк омонатларига солиқ жорий этилиши бўйича таклифга муносабат билдирди

8:48 · 31.07.2026

Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)

17:22 · 30.07.2026

Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда

14:43 · 30.07.2026

Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда

12:37 · 30.07.2026

Rossiya hukumati aholi eʼtiborini urush va narxlarning qimmatlashuvidan chalgʻitish uchun migrantlarga bosimni oshirmoqda – “Meduza”

“Meduza” nashri Kremlga yaqin manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya hukumati jamoatchilik e'tiborini boshqa muammolar: urush va narxlarning qimmatlashuvidan chalg’itish maqsadida mehnat migrantlariga nisbatan choralarni kuchaytirmoqda. Ayni paytga kelib mamlakatning 20 ta hududida xorijlik ishchilarning faoliyatiga cheklovlar o’rnatilgan.

Rossiya hukumati aholi eʼtiborini urush va narxlarning qimmatlashuvidan chalgʻitish uchun migrantlarga bosimni oshirmoqda – “Meduza”

“Meduza” nashri oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya hukumati soʻnggi paytlarda migrantlarga nisbatan choralarni kuchaytirish orqali aholi eʼtiborini urush va narxlarning koʻtarilishidan chalgʻitishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda kadrlar yetishmovchiligi kuzatilayotganiga qaramay, 20 ta hududda xorijlik ishchilar faoliyatiga cheklovlar joriy qilingan. Iyul oyida esa Rossiya parlamenti tomonidan migrantlarni chiqarib yuborishga qaratilgan maxsus qonun qabul qilingan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan tez-tez oʻtkazib turiladigan reydlar, siyosat arboblarining migrantlarga qarshi kayfiyati ham, ayniqsa shu yilning mart oyi oxirida Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da terakt sodir etilganidan soʻng kuchaygan.

Nashrning alohida eʼtibor qaratishicha, teraktdan soʻng ommaviy axborot vositalarida mehnat migrantlarining qonunbuzarliklari haqidagi xabarlar koʻproq yoritila boshlangan. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy esa Davlat Dumasiga migrantlarning oilalarini Rossiyaga kirishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi.

Shu bilan birga, Rossiyaning bir qator hududlarida migrantlarning maʼlum sohalarda ishlashini taqiqlanmoqda. Masalan, Moskva viloyatida xorijlik ishchilar endilikda umumiy ovqatlanish muassasalariga ishga joylasha olmaydi, alkogol va tamaki sotolmaydi. Chelyabinsk viloyatida esa migrantlarning savdo sohasida, shuningdek, avtomashina ustaxonalarida ishlashi man etildi.

“Meduza” Kremlga yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, migrantlarga nisbatan bosimni oshirish orqali Rossiya hukumati jamoatchilik eʼtiborini boshqa muammolar – urush va narxlarning oʻsishidan chalgʻitmoqchi.

“Odamlarni haqiqatan ham odamlarni kun tartibidagi muhim muammolardan chalgʻitish oson boʻlgan anʼanaviy mavzular toʻplami mavjud. Migrantlar mavzusi shular jumlasidandir va buni amalga oshirish juda oson: migrantlar ishtirokidagi mojaro, ularning biror aholi punkti aholisi bilan qarama-qarshiligi haqida yoritish, keyin esa kuch ishlatuvchi organlarning muammoni qanday hal qilishini koʻrsatish – noqonuniy odamlarni qidirish, deportatsiya qilish”, – deydi “Meduza” manbasi.

Aniqlik kiritilishicha, Rossiya aholisi oʻrtasida ayni paytda migrantlarga nisbatan munosabat haqiqatan ham salbiy. Bu ayniqsa, Moskva viloyatida yaqqol seziladi. Butunrossiya jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi oʻtkazgan ijtimoiy soʻrovda respondentlarning 52 foizi mehnat migrantlari va ularning oilalarini Rossiyaga kiritmaslik kerak, deb hisoblagan.

Jamoatchilik eʼtiborini chalgʻitish uchun migrantlar mavzusidan foydalanish ish berishi mumkin, biroq buning Rossiya uchun zararli jihatlari ham yoʻq emas. Shundoq ham Rossiyada demografik holat yomonlashib, ishchi kuchiga boʻlgan talab ortib borayotgan bir paytda urush va rublning qadrsizlanishi tufayli migrantlarning ommaviy chiqib ketishi ham kuzatilmoqda. Xususan, ushbu mamlakatda ishlayotgan oʻzbekistonliklar soni 2016-yilgacha boʻlgan 4-6 million nafardan, ayni paytga kelib 1 millioncha kamayib ketgan. Shuningdek, yil oxirigacha bu miqdor kamayishi prognoz qilingan.

Ayni paytda Oʻzbekiston hukumati ham tashqi mehnat bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida faol ishlamoqda. Sentyabr oyida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning Oʻzbekistonga tashrifi davomida aynan malakali mehnat migrantlari: hamshiralar, avtobus haydovchilari va temir yoʻl xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularni Germaniyaga ishga yuborish masalasida kelishuvga erishilgan edi.

Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Янгиликлар 17:45 · 04.08.2026
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди
Авто, Янгиликлар 15:47 · 04.08.2026
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди
Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади
Янгиликлар 15:21 · 04.08.2026
Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади
Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади
Молия, Янгиликлар 12:14 · 04.08.2026
Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади
Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди
Авто, Янгиликлар 11:12 · 04.08.2026
Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди
Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин
Янгиликлар 10:11 · 04.08.2026
Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин