Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди

17:03 · 05.08.2026

Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин

17:03 · 05.08.2026

Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди

14:06 · 05.08.2026

Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ

10:29 · 05.08.2026

Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди

17:45 · 04.08.2026

Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди

15:47 · 04.08.2026

Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади

15:21 · 04.08.2026

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026

Germaniya migrantlarni ish bilan taʼminlash evaziga Oʻzbekistondan nima soʻradi?

Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning 15-16-sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida 8 ta ikki tomonlama hujjat, jumladan, migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Kelishuv o‘zbekistonlik malakali ishchilar: avtobus va temiryo‘l haydovchilari hamda hamshiralar uchun Germaniya mehnat bozori ochilishini nazarda tutadi. Biroq buning evaziga O‘zbekiston tomonidan qanday majburiyat olingan? Kommers.uz shu haqda hikoya qiladi.

Germaniya migrantlarni ish bilan taʼminlash evaziga Oʻzbekistondan nima soʻradi?

Germaniya federal kansleri Olaf Shols 15-16-sentyabr kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Ikki davlat delegatsiyalari ishtirokida Samarqandda oʻtkazilgan uchrashuvlarda jami 8 ta hujjat, xususan, migratsiya va mobillik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuv oʻzbekistonlik malakali ishchilar, jumladan, poyezd va avtobus haydovchilari hamda hamshiralar uchun Germaniya mehnat bozorini ochishi koʻzda tutilgan. Kelishuvning “migratsiya” qismi shundan iborat. Ammo “mobillik” masalasi boʻyicha Oʻzbekiston rasmiy idoralari va ommaviy axborot vositalarida aniq maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmadi.

Bu boʻyicha kansler Olaf Sholsning oʻzi (X) Twitter sahifasida shunday post qoldirdi:

“Bugun Oʻzbekistonning Samarqand shahrida imzolangan migratsiya va mobillik boʻyicha bitimimiz orqali biz yuksak isteʼdodga ega insonlar uchun mamlakatimizga kirish imkoniyatini yaratmoqdamiz. Shuningdek, biz mamlakatimizda qolish imkoniyati boʻlmagan shaxslarning ortga qaytib ketishlari uchun byurokratiyadan xoli jarayonlarni taʼminlash majburiyatini oldik”

Mazkur masala chet el ommaviy axborot vositalari, xususan, nemis nashrlarida bir muncha aniq va batafsil yoritildi.

“Bild” nashri Germaniya kansleri yozgan “mamlakatda qolish imkoniyati boʻlmagan shaxslarning ortga qaytib ketishlari uchun byurokratiyadan xoli jarayonlarni taʼminlash” rejasining tafsilotlarini ochiqlagan. Unga koʻra, ayni paytda Germaniyada istiqomat qilayotgan 17,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosidan 203 nafari noqonuniy migrantlar hisoblanib, migratsiya va mobillik kelishuvida ularni Oʻzbekistonga qaytarib yuborish koʻzda tutilgan.

Kelishuvning ochiqlanmagan qismi haqida “Reuters” tomonidan eʼlon qilingan maqolada soʻz boradi. Unga koʻra, Oʻzbekiston oʻz fuqarolari uchun Germaniya mehnat bozorining ochilishi evaziga ushbu mamlakatda boʻlib turgan  afgʻonistonlik noqonuniy muhojirlarni vataniga qaytarishda vositachilik qilish majburiyatini olgan.

Bu orqali Tolibon hukumatini tan olmagan va u bilan rasmiy aloqaga ega boʻlmagan Germaniya, Oʻzbekiston vositachiligida noqonuniy afgʻon muhojirlari muammosiga yechim topishni rejalashtirmoqda. Samarqandga kelgan delegatsiya tarkibida boʻlgan Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ham afgʻonistonlik noqonuniy muhojirlarni vataniga qaytarish boʻyicha qaysi mamlakatlar bilan hamkorlik qilish masalasi koʻrib chiqilayotganini maʼlum qilgandi.

Germaniya kanslerining tashrifidan soʻng, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Oʻzbekistonlik 800 nafar hamshira 2024-yilning oʻzida Germaniyaga yuborilishi, ularning maoshi kamida 2200 yevro boʻlishini aytdi. Taʼkidlanishicha, ayni paytga qadar 400 nafar hamshira allaqachon Germaniyaga yuborilgan.

Shuningdek, temiryoʻl transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislar Germaniya standartlari asosida Oʻzbekistonda oʻqitilishi, til va malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganlar esa Germaniyaga ishga yuborilishi qayd etildi. Bunda ushbu mamlakatga ishchi vizasini olish shartlari ham yengillashtirilmoqda.

Germaniya xuddi shunday kelishuvni 13-sentyabr kuni Keniya bilan ham imzolagan boʻlib, Afrika mamlakatidan 250 ming nafar malakali ishchilar Germaniyaga yuborilishi belgilangan. Germaniya mehnat bozori esa har yili 400 ming malakali ishchiga ehtiyoj sezadi.

Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Иқтисодиёт, Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Янгиликлар 14:06 · 05.08.2026
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Авто, Янгиликлар 10:29 · 05.08.2026
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Янгиликлар 17:45 · 04.08.2026
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди
Авто, Янгиликлар 15:47 · 04.08.2026
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди