O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
2024-yilning dekabrida O‘zbekiston, Pokiston va Tailand bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu muzokaralar natijasida mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan davlatlar soni 25 taga yetdi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha protokol 6-dekabr kuni imzolandi. Uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ham ishtirok etdi. Islom Respublikasining JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn, ushbu bayonnoma O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yanada yaqinlashtirganini ta’kidladi.
Shuningdek, Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild ham O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Tailand vakili O‘zbekistonning ko‘p tomonlama savdo tizimiga tez orada qo‘shilishiga ishonch bildirdi va bu a’zolik mamlakatga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston boshqa mamlakatlar bilan bozorga kirish bo‘yicha ham kelishuvlarni yakunladi. O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lganda iqtisodiyotning 17 foizga o‘sishiga erishish imkoniyati mavjudligi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va savdo aloqalarining kuchayishi kutilmoqda.
O‘zbekiston noyabr oyida AQSh bilan bir yildan ortiq davom etgan muzokaralarni yakunlagan edi. Natijada, AQSh O‘zbekistonni JSTga a’zo bo’lishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlatga aylandi.
Shu bilan birga, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida JST bitimlariga mos qonunchilikni ishlab chiqish uchun parlament komissiyasini tuzishni taklif qildi.