Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)

17:22 · 30.07.2026

Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда

14:43 · 30.07.2026

Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда

12:37 · 30.07.2026

Марказий банк Ўзбекистон иқтисодиётида «қизиб кетиш» аломатларини кузатди

10:20 · 30.07.2026

МБ: “Золотая Корона” орқали мигрантлар юборган пуллар фуқароларга одатдаги тартибда берилмоқда

15:13 · 29.07.2026

Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирди

11:12 · 29.07.2026

Исломий банклар фаолиятини тартибга солувчи 10 та ҳужжат янгиланди

10:27 · 29.07.2026

Тошкент атрофида 1 млрд долларлик икки қаватли пулли айланма йўл қурилиши мумкин

9:07 · 29.07.2026

500 АҚШ долларигача нақд чет эл валютасини паспортсиз харид қилиш мумкин бўлади

17:10 · 28.07.2026

«Уй-жой нархлари ошиши мумкин» — Адлия вазирлиги эскроу тизими жорий этилиши ҳақида

11:22 · 28.07.2026

Ўзбекистонда мансабдорларнинг ноқонуний қарори туфайли етказилган зарарни қоплаш тартиби белгиланди

10:31 · 28.07.2026

Ўзбекистонда ярим йилда 13,1 трлн сўмлик ипотека кредити ажратилди

14:53 · 27.07.2026

Ўзбекистонда банклар ярим йилда қанча соф фойда кўргани очиқланди

11:37 · 27.07.2026

Ўзбекистонда ўртача ойлик иш ҳақи 7 млн сўмдан ошди

9:48 · 27.07.2026

Аҳолининг банклардан қарздорлиги бир йилда 39 трлн сўмга ортди

8:44 · 27.07.2026

Жаҳон банки дунё мамлакатларининг янги даромад рейтингини эълон қилди

11:16 · 25.07.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

9:26 · 25.07.2026

Тошкентдаги Шаҳрисабз кўчасида BRT йўлаги қурилиши бошланади

15:47 · 24.07.2026

O‘zbekistonda Lacetti, Cobalt va Nexia avtomobillari narxlari arzonlashmoqda

2024-yilning iyul-sentyabr oylaridagi avtomobillar narxlari tahlil qilindi. Ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasayishi kuzatilgan. Shuningdek, avtomobillarning kam, o‘rtacha hamda ko‘p foydalanganligi bo‘yicha narxlari ko‘rsatildi.

O‘zbekistonda Lacetti, Cobalt va Nexia avtomobillari narxlari arzonlashmoqda

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning iyul-sentyabr oylarida avtomobil narxlari tahlil qilindi. 2024 yilning avgust oyida avtomobil narxlari iyul oyiga nisbatan oshgan bo‘lsa-da, sentyabr oyida narxlarda pasayish kuzatildi.

Joriy yilning sentyabr oyida o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan ommabop avtomobillar (Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark, Damas, Labo) narxlari sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilgan avtomobil narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan, avgust oyida kam foydalanilgan Lacetti avtomobilining ikkilamchi bozordagi narxi 4,5 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 6,0 foizga va ko‘p foydalanilgani 5,4 foizga oshdi. Sentyabr oyida esa o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan Lacetti narxlari avgust oyiga nisbatan mos ravishda 2,1 va 2,8 foizga hamda kam foydalanilgan Lacetti narxlari 0,8 foizga pasaydi.Mahalliy ommabop avtomobil uchun sentyabr oyida taklif qilingan o’rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

  • Lacetti: kam foydalanilgan – $15 091 (avgust oyida – $15210), o‘rtacha foydalanilgan – $14 341 ($14 649), ko‘p foydalanilgan – $13 044 ($13 420);
  • Cobalt: kam foydalanilgan – $13 040 (avgust oyida – $13 189), o‘rtacha foydalanilgan – $12 301 ($12 769), ko‘p foydalanilgan – $11 488 ($11 904);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan – $10 078 (avgust oyida – $10 390), ko‘p foydalanilgan – $8 818 ($9 149).

Avgust oyida kam foydalanilgan Malibu uchun taklif etilgan o‘rtacha narx iyul oyiga nisbatan 2,8 foizga, o‘rtacha foydalanilganlari uchun 3,8 foizga, ko‘p foydalanilganlari uchun 2,0 foizga oshgan bo’lsa, sentyabr oyida kam foydalanilgan Malibu uchun taklif etilgan o‘rtacha narx avgust oyiga nisbatan 2,8 foizga, o‘rtacha foydalanilganlar uchun 1,5 foizga, ko‘p foydalanilganlar uchun 0,4 foizga pasaydi.

Mahalliy lyuks avtomobillar uchun sentyabr oyida taklif qilingan o’rtacha narxlar quyidagicha:

  • Malibu: kam foydalanilgan – $29 390 (avgust oyida – $30 252), o‘rtacha foydalanilgan – $28 703 ($29 154), ko‘p foydalanilgan – $24 401 ($24 506);
  • Tracker: kam foydalanilgan – $18 500 (avgust oyida – $19 284), o‘rtacha foydalanilgan – $17 738 ($18 723), ko‘p foydalanilgan – $16 647 ($16 956).

Qayd etilishicha, oq rangli Lacetti va Cobalt’ning bosib o‘tgan masofasi ularning narxlariga yuqori darajada ta’sir etgan bo‘lsa, Damas’ning ishlab chiqarilgan yili narxni belgilashda asosiy omil bo’ldi. Shuningdek, Lacetti narxiga uning qora rangli ekanligi eng ko‘p ta’sir etishi aniqlandi.

Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:

  • 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
  • 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km gacha bo‘lgan avtomobillar – “O‘rtacha foydalanilgan”;
  • 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.

Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plangan. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, 30,5 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilayotgan narxlar tahlil qilingan. Shuningdek, avtomobil narxlariga ta’sir etuvchi omillar «Random Forest» modeli yordamida aniqlandi.

Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)
Янгиликлар 17:22 · 30.07.2026
Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)
Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда
Янгиликлар 14:43 · 30.07.2026
Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда
Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда
Янгиликлар 12:37 · 30.07.2026
Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда
Марказий банк Ўзбекистон иқтисодиётида «қизиб кетиш» аломатларини кузатди
Иқтисодиёт, Янгиликлар 10:20 · 30.07.2026
Марказий банк Ўзбекистон иқтисодиётида «қизиб кетиш» аломатларини кузатди
МБ: “Золотая Корона” орқали мигрантлар юборган пуллар фуқароларга одатдаги тартибда берилмоқда
Янгиликлар 15:13 · 29.07.2026
МБ: “Золотая Корона” орқали мигрантлар юборган пуллар фуқароларга одатдаги тартибда берилмоқда
Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирди
Янгиликлар 11:12 · 29.07.2026
Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирди