O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS bo‘yicha natijalari e’lon qilindi

12:29 · 14.12.2024

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

12:09 · 14.12.2024

O’zbekistonda yashil energetika loyihalari ishga tushiriladi

9:56 · 14.12.2024

Prezident ijtimoiy himoya sohasida yig‘ilish o‘tkazdi — asosiy ma’lumotlar

14:31 · 13.12.2024

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi

16:09 · 12.12.2024

Endi fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlashlari mumkin

14:00 · 12.12.2024

Yunusobod bozori tomida yangi ekobozor va savdo markazlari quriladi

13:01 · 12.12.2024

Timur Ishmetov Markaziy bank raisi lavozimini egallashi mumkin

15:32 · 11.12.2024

Toshkent viloyatiga 2025-yilda $5 milliard miqdorida investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilmoqda

14:18 · 11.12.2024

Toshkentda uy-joy ijara narxlari arzonlashmoqda

18:47 · 10.12.2024

O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

14:57 · 10.12.2024

Gaz quyish shoxobchalariga cheklovlar joriy etilib, benzin hajmi ikki baravarga oshiriladi

12:37 · 10.12.2024

Toshkentda 2025-yildan boshlab avtobuslarda naqd pul bilan to‘lovlar to‘xtatiladi

19:26 · 07.12.2024

O‘zbekistonda 2025-yilda issiqlik ta’minoti tariflari ikki marotaba oshirilishi mumkin

15:46 · 07.12.2024

O‘zbekistonda «chiroyli» avtoraqam 474 million so‘mga sotildi

20:31 · 06.12.2024

«O‘zavtosanoat» mahalliylashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yangi strategiyani taqdim etdi

14:45 · 06.12.2024

Samarqandda 2,2 mln dollarlik «svet»dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

13:48 · 06.12.2024

Starbucks O‘zbekistonda yana ro‘yxatdan o‘tmoqda

19:18 · 05.12.2024

Endi fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlashlari mumkin

Fuqarolar endi o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 11-dekabr kuni qabul qilingan yangi qonun loyihasi asosida fuqarolar kredit shartnomalari tuzilishini to‘xtatish uchun ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Endi fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlashlari mumkin

11-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.  Ushbu loyiha jismoniy shaxslar va kredit byurosi o‘rtasida ariza berish orqali fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash imkonini beradi. Qonunda, shuningdek, kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar ro‘yxatini yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyevning ta’kidlashicha, yangi qonun fuqarolarni noqonuniy kreditlashdan himoya qilishga va kredit byurolari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan. Bugungi kunda fuqarolardan xabarsiz ravishda kredit rasmiylashtirish orqali mablag‘lar o‘zlashtirilishi holatlari ko‘paymoqda. Loyihada fuqarolarga ixtiyoriy ravishda kredit olishdan voz kechish mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.

Kredit bitimlarini tuzishni taqiqlash uchun jismoniy shaxslar kredit bitimlarini tuzishni taqiqlovchi reyestrga kiritilishi mumkin. Bu reyestrni Markaziy bank kredit byurolari orqali yuritadi va banklar hamda nobank kredit tashkilotlariga reyestrni tekshirmasdan bitimlar tuzish taqiqlanadi. Agar fuqarolarga xabarsiz ravishda kredit shartnomasi tuzilsa, bitim bo‘yicha kelib chiqadigan oqibatlar uchun banklar va mikromoliyaviy tashkilotlar javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Kredit byurolarining ustav kapitalining minimal miqdori 2 milliard so‘m etib belgilanishi, shuningdek, ularning qoidabuzarliklari uchun 5 ming baravari (1,875 milliard so‘m) miqdorida jarima undirilishi nazarda tutilgan. Ushbu choralar va sanksiyalar qonun loyihasining bir qismi sifatida kiritilmoqda.

Fuqarolar kredit rasmiylashtirishni taqiqlash yoki ushbu taqiqni bekor qilish to‘g‘risidagi arizani Yagona portal (my.gov.uz) orqali elektron shaklda, shuningdek, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etishlari mumkin. Ariza berish jarayoni ixtiyoriy bo‘lib, xizmatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS bo‘yicha natijalari e’lon qilindi
Таҳлил, Янгиликлар 12:29 · 14.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS bo‘yicha natijalari e’lon qilindi
Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
Иқтисодиёт, Янгиликлар 12:09 · 14.12.2024
Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona boji va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
O’zbekistonda yashil energetika loyihalari ishga tushiriladi
Иқтисодиёт 9:56 · 14.12.2024
O’zbekistonda yashil energetika loyihalari ishga tushiriladi
Prezident ijtimoiy himoya sohasida yig‘ilish o‘tkazdi — asosiy ma’lumotlar
Иқтисодиёт 14:31 · 13.12.2024
Prezident ijtimoiy himoya sohasida yig‘ilish o‘tkazdi — asosiy ma’lumotlar
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi
Иқтисодиёт 16:09 · 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi
Endi fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlashlari mumkin
Иқтисодиёт, Янгиликлар 14:00 · 12.12.2024
Endi fuqarolar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlashlari mumkin