Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди

17:03 · 05.08.2026

Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин

17:03 · 05.08.2026

Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди

14:06 · 05.08.2026

Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ

10:29 · 05.08.2026

Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди

17:45 · 04.08.2026

Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди

15:47 · 04.08.2026

Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади

15:21 · 04.08.2026

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026
Таҳлил 16:48 · 28.10.2024

O‘zbekistonda tug‘ilish nega yildan yilga kamaymoqda?

Mutaxassisning fikricha, tug‘ilish bilan kuzatilayotgan tendensiya ko‘proq tug‘ish yoshidagi insonlar sonining oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlanishi mumkin. Joriy yildagi pasayish chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmaydi, balki “mavsumiylikka” xos xususiyatga ega.

O‘zbekistonda tug‘ilish nega yildan yilga kamaymoqda?

Yil boshidan buyon qariyb 694 ming ta tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nistan 3,2 foizga pasaygan. Ushbu holatga iqtisodchi Mirkomil Xolboyev o‘zining fikrini bildirib o‘tdi.

Unga ko‘ra, yaqin tariximizda 2016 hamda 2017 yillarda ham tug‘ilish mos ravishda 1,3 foizga va 1,4 foizga pasaygan edi. Bundan tashqari, 2011 (-1 foiz), 2010 (-3,3 foiz), 2005 (-1,3 foiz) hamda 2003 (-4,6 foiz) yillarda ham tug‘ilishning pasayishi qayd etilgan. Mustaqillikdan yangi asrgacha bo‘lgan iqtisodiy qiyinchilik va tiklanish davrida esa tug‘ilishning pasayishi odatiy holga aylanib qolgan. 1992-2000 yillarda faqatgina 1995 yilda tug‘ilish 3,2 % o‘sgan bo‘lsa qolgan barcha yillarda tug‘ilishning chuqur pasayishi kuzatilgan.

Xo‘sh, joriy yilda kuzatilayotgan pasayish yaqin tariximizdagi kuzatilgani kabi bir yillik pasayishmi yoki uzoq davom etuvchi demografik muammolarning boshlanishimi?. Bu savolga aniq javob topish qiyin. lekin menimcha hozirgi pasayish chuqur muammolarni ifoda etmaydi. Hozirgi pasayishni asosiy sababi esa 1992-2001 yillardagi tug‘ilishning pasayishi hisoblanadi. O‘sha yillarda tug‘ilishlar soni qariyb 30 foizga pasaygan. Masalan, Mustaqillikning ilk yillarda 700 mingdan ko‘proq bola tug‘ilgan bo‘lsa, yangi asrga kelib bu ko‘rsatkich 500 minggacha pasaygan.

“Hozirga kelib mustaqillikning ilk davrida tug‘ilgan insonlar farzand ko‘rish davridan o‘tmoqda va ayni chuqur pasayish davrida tug‘ilganlar mamlakatdagi tug‘ilishlar sonida asosiy rol o‘ynay boshlagan. Bu esa tabiiy ravishda tug‘ilishning kamayishiga olib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Masalan, hozirgi tug‘ilish darajasi va 27 yil oldingi (erkaklar uchun o‘rtacha turmush ko‘rish yoshi) tug‘ilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik (korrelatsiya) 0,46 foiz atrofida. Bu hozirgi tug‘ilishlar soni 27 yil oldingi tug‘ilishlar soniga sezilarli darajada bog‘liqligini ko‘rsatadi”, deydi iqtisodchi.

Bu tendensiyani so‘ngi yillarda nikohlar sonining pasayish tendensiyasidan ham ko‘rish mumkin. Xususan, nikohlar soni 2024 yil 9 oyda 2,8 foizga, 2023 yilda 4,3 foizga hamda 2022 yilda 2,8 foizga pasaygan. Bu holat birinchidan nikoh yoshining biroz ko‘tarilayotganligi bilan izohlansa, ikkinchidan, Mustaqillikdan yangi asrgacha bo‘lgan davrda tug‘ilishlar sonining doimiy pasayish tendensiyasi ta’siri ko‘rina boshlaganligi bilan izohlanishi mumkin.

“Shuningdek, aholi orasida nisbatan kamroq farzand ko‘rish haqidagi qarorlari ham hozirgi pasayishga ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin har bir onaga tug‘ish darajasi (fertility rate) so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasini namoyon qilmoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 2,4 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 3,3 ga yetgan. Ya’ni odamlar ko‘proq farzand ko‘rishga qaror qilishmoqda. Umuman olganda, joriy yilda tug‘ilish bilan kuzatilayotgan tendensiya ko‘proq tug‘ish yoshidagi insonlar sonining oldingi avlodga nisbatan kamligi bilan izohlansa kerak. Boshqacha aytganda, joriy yildagi pasayish chuqur demografik muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatmaydi, balki «mavsumiylikka» xos xususiyatga ega, xolos”, deb yozadi Mirkomil Xolboyev o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi 3,2% ga qisqargan bo‘lib, jami 693 897 nafar yangi tug‘ilganlar ro‘yxatga olingan. Nikohlanishlar soni 179,4 minggacha qisqarib, 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Иқтисодиёт, Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Янгиликлар 14:06 · 05.08.2026
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Авто, Янгиликлар 10:29 · 05.08.2026
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Янгиликлар 17:45 · 04.08.2026
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди
Авто, Янгиликлар 15:47 · 04.08.2026
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди