Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026

МБ банк омонатларига солиқ жорий этилиши бўйича таклифга муносабат билдирди

8:48 · 31.07.2026

Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)

17:22 · 30.07.2026

Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда

14:43 · 30.07.2026

Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда

12:37 · 30.07.2026

Марказий банк Ўзбекистон иқтисодиётида «қизиб кетиш» аломатларини кузатди

10:20 · 30.07.2026

МБ: “Золотая Корона” орқали мигрантлар юборган пуллар фуқароларга одатдаги тартибда берилмоқда

15:13 · 29.07.2026

Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирди

11:12 · 29.07.2026

Исломий банклар фаолиятини тартибга солувчи 10 та ҳужжат янгиланди

10:27 · 29.07.2026

Тошкент атрофида 1 млрд долларлик икки қаватли пулли айланма йўл қурилиши мумкин

9:07 · 29.07.2026

500 АҚШ долларигача нақд чет эл валютасини паспортсиз харид қилиш мумкин бўлади

17:10 · 28.07.2026

«Уй-жой нархлари ошиши мумкин» — Адлия вазирлиги эскроу тизими жорий этилиши ҳақида

11:22 · 28.07.2026

Ўзбекистонда мансабдорларнинг ноқонуний қарори туфайли етказилган зарарни қоплаш тартиби белгиланди

10:31 · 28.07.2026

Ўзбекистонда ярим йилда 13,1 трлн сўмлик ипотека кредити ажратилди

14:53 · 27.07.2026

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta narxlari tushirilishiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarga fermer xoʻjaliklari qoʻshimcha shartnoma imzolashga majburlanayotgani haqida xabarlar sizdirildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta yetishtiruvchilarning shartnomasini bekor qilish, fermerlar hamda klasterlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday topshiriqlar berilmagani ma’lum qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi paxta narxlari tushirilishiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fermer xoʻjaliklari qoʻshimcha shartnoma imzolashga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, jahon bozorida paxta tolasiga talab va takliflarning oʻzgarishlari natijasida paxta tolasining ayni kunlardagi narxlari O‘zbekistonda 2024-yil hosili uchun belgilangan prognoz narxlariga nisbatan pasaygan. Buning oqibatida yil boshida tuzilgan fyuchers shartnomasida paxta tolasi uchun koʻrsatilgan narxlar bugungi kun real narxlariga toʻgʻri kelmayotganligi sababli ishlab chiqaruvchilar (yaʼni klasterlar) oʻz mahsulotlarini jahon bozorida sotishda juda katta zararga duch kelyapti.

Joriy yilgi yigʻim-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari boʻyicha paxta xom ashyosining boshlangʻich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming soʻm atrofida shakllanayotganligidan kelib chiqib, past narx belgilanadigan boʻlsa fermerlar jabr koʻrishi mumkin. Shu bois paxta yetishtirishuvchi fermerlar va uni qayta ishlovchi klasterlarning manfaatlarini birdek koʻzlagan holda, ularning katta miqdorda zarar koʻrmasliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi 574-sonli qarori qabul qilingan.

Bugungi kunda fermer oʻzi tayyorlagan mahsulotni taklif qilinayotgan shartlarda realizatsiya qilishga xohish bildirmasa, unda xomashyoni paxta qabul qilish maskanlariga vaqtinchalik saqlash uchun topshirishi imkoniyati yaratilgan. (Hammaga maʼlum paxta xom-ashyosi maxsus sharoitlarda buntlangan holda saqlanadi va yetishtiruvchi oʻz qaramogʻida buni saqlash imkoni yoʻq.) Buning uchun fermer qabul qilish punkti bilan vaqtincha saqlashga (saqlash xarajatlarini qoplash sharti bilan) shartnoma qilishi lozim. Vaqtinchalik saqlash shartnomasiga koʻra xom-ashyo agroplatformada elektron roʻyxatdan oʻtadi va fermer (qachon va kimga) oʻz mahsulotini sotmoqchi boʻlsa terim davrida yoki terimdan soʻng ixtiyoriy qaror qabul qilaveradi. Bunda ham mahsulot elektron tarozi orqali oʻtkazilib, xomashyo miqdoriga qarab terim uchun albatta pul oladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda Surxondaryo viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi aynan shu holatni nazarda tutgan boʻlishi mumkin, lekin buni yetkazishda anglashilmovchilik yuzaga kelgan va tabiiyki, xatoga yoʻl qoʻygan. Vazirlik tomonidan paxta yetishtiruvchilarning shartnomasini bekor qilish, fermerlar hamda klasterlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday topshiriqlar berilmagan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, respublika boʻylab 90 foizdan ortiq fermerlar kelishuvga asosan oʻz shartnomalarini qayta rasmiylashtirdilar va bu bilan subsidiyaga ega boʻlgan holda oʻzlari yetishtirgan paxta xom ashyosini umumiy qiymati 7 800 soʻmdan topshirmoqda. Bundan tashqari terim pulini olishda ham paxta xom ashyosining miqdorini aynan elektron tarozi orqali oʻtkazilib, “Agroplatforma.uz”da aks ettirish orqali barcha shaffoflik taʼminlanmoqda.

Agar fermerlarda tushunmovchilik holati boʻlsa, vazirlik har bir holatni koʻrib chiqib, yechim va yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Yetishtirilgan paxta xomashyosini topshirishdagi barcha muammoli holatlarda (shartnomalarni yoʻqligi, fermerni oʻziga maʼqul boʻlmagan klasterga sotmaslik qarorida ekanligi, bugungi narxlarni koʻtarilishini kutish istagida ekanligi va h.k) terilgan xom-ashyoni paxta qabul qilish maskanlariga vaqtinchalik saqlash uchun topshirib, muammoli masallarni bosqichma-bosqich ishlab chiqaruvchilar bilan oʻzaro kelishgan holda bartaraf etishlari mumkinligini bildiramiz. Maqsad – terilgan paxta oʻz vaqtida qabul punktlarida toʻgʻri saqlanishi va shaffof tarzda agproplatformada aks etishi lozim”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди
Янгиликлар 9:06 · 01.08.2026
Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди
Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?
Янгиликлар 8:16 · 01.08.2026
Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?
Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?
Янгиликлар 14:59 · 31.07.2026
Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?
Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади
Молия, Янгиликлар 11:59 · 31.07.2026
Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади
Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди
Иқтисодиёт, Янгиликлар 10:15 · 31.07.2026
Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди
МБ банк омонатларига солиқ жорий этилиши бўйича таклифга муносабат билдирди
Янгиликлар 8:48 · 31.07.2026
МБ банк омонатларига солиқ жорий этилиши бўйича таклифга муносабат билдирди