Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди

17:03 · 05.08.2026

Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин

17:03 · 05.08.2026

Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди

14:06 · 05.08.2026

Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ

10:29 · 05.08.2026

Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди

17:45 · 04.08.2026

Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди

15:47 · 04.08.2026

Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади

15:21 · 04.08.2026

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026

O‘zbekistonning 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi

Keyingi yilda 78 ta tuman byudjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkaziladi. Ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.

O‘zbekistonning 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2025-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Jahondagi qiyin vaziyatga qaramasdan, ichki imkoniyatlarni ishga solish hisobiga, o‘tgan 9 oyda mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,6 foizga, sanoat 7 foizga oshdi. Yil yakunigacha kamida 6 foiz o‘sish kutilmoqda.

Oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz o‘sdi. Tashqi investorlar ishonchi ortgani tufayli xalqaro bozorlarda 4 milliard dollarlik yevrobond joylashtirildi.

Bularning natijasida joriy yilda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33 foizdan oshadi. Eksport qariyb 19 foizi o‘sishi kutilayapti.

Umuman, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga O‘zbekistonda kelgusida ham barqaror iqtisodiy o‘sish saqlanib qolishini tasdiqlamoqda.

Shu bilan birga, dunyo bozorlarida raqobat kuchayib, xomashyo narxlari tez-tez o‘zgarayotgan hozirgi sharoitda sanoat va eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ko‘paytirish shartligi ta’kidlandi. Shu nuqtayi nazardan, mutasaddilarga har bir tarmoq kesimida qo‘shilgan qiymat zanjiri va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Bu borada yig‘ilishda iqtisodiyot va investitsiya sohasidagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolayotgan holatda budjet daromadlarini ko‘paytirishning birdan bir yo‘li – soliq ma’murchiligini takomillashtirish ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish hisobiga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa hamkorlardan jalb etilgan imtiyozli mablag‘larning samaradorligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda 2025-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy rejalar ham ko‘rib chiqildi.

Kelgusi yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishini saqlab qolish uchun barcha imkoniyat borligi qayd etildi. Buning uchun rejalashtirilgan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, transport-logistika, axborot texnologiyalari, agro va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish talab etiladi.

Imtiyozlarning samaradorligini ko‘rib chiqish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yaratilgan imkoniyatlar hisobiga kelgusi yilda 78 ta tuman budjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkaziladi. Buning uchun yer, mol-mulk va aylanma solig‘i to‘liq, daromad solig‘ining 50 foizi ularning o‘zida qoldiriladi.

Ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘larni 20 foizga ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda bildirilgan fikrlar asosida 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Qonunchilikka muvofiq, bu loyiha va uning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinadi hamda yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Иқтисодиёт, Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Янгиликлар 14:06 · 05.08.2026
Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Авто, Янгиликлар 10:29 · 05.08.2026
Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Янгиликлар 17:45 · 04.08.2026
Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди
Авто, Янгиликлар 15:47 · 04.08.2026
Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди