Маҳаллий корхоналар импорт материалларни олиб келишда ҚҚСдан озод қилишни сўрамоқда

12:52 · 25.06.2026

Банкларда хорижий валюта олди-сотдиси кескин ошди — Марказий банк

10:49 · 25.06.2026

Солиқ қўмитаси банк карталаридаги йирик пул тушумлари ҳақида маълумот олинишига изоҳ берди

14:22 · 24.06.2026

Хавфсизлик камари тақмасликка рухсат берувчи маълумотномани онлайн олиш мумкин бўлди

11:20 · 24.06.2026

Солиқ қўмитаси банклардан омонатлар ва йирик P2P-ўтказмалари ҳақидаги маълумотларни олмоқчи

10:02 · 24.06.2026

Иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдори оширилади

17:41 · 23.06.2026

Ўзбекистонда тўловлар учун ягона QR-код ишга тушди

14:43 · 23.06.2026

Уй-жой таъмири, тўй ва машина хариди: ўзбекистонликлар келгусида қандай мақсадларда кредит олмоқчи?

11:20 · 23.06.2026

Ўзбекистонда аҳолига тегишли автомобиллар сони 4,9 млндан ошди

10:04 · 23.06.2026

Майдаги инфляция пенсионерларга кучлироқ сезилди — Марказий банк

9:18 · 23.06.2026

Марказий банк мурожаатлар бўйича энг салбий кўрсаткичга эга Топ-10 банкни очиқлади

14:41 · 22.06.2026

Ўзбекистонда муомаладаги нақд пуллар миқдори рекорд даражага етди

11:15 · 22.06.2026

Аҳолининг иш ҳақига боғлиқлик даражаси юқори — Марказий банк

10:14 · 22.06.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

9:57 · 20.06.2026

Нега Ўзбекистонда кредитлар қиммат?

18:07 · 19.06.2026

ОТМ битирувчиларининг ўртача маоши 5,1 млн сўмни ташкил этди

13:50 · 19.06.2026

Май ойида аҳолига ёқилғи ва қандолат маҳсулотлари қимматлашгани энг кўп сезилди

11:15 · 19.06.2026

Валюта курси ўзгаришидан хавотирлар охирги бир йилдаги минимумгача пасайди

15:28 · 18.06.2026

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning «Hyundai» kompaniyasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi

O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyaning "Hyundai" kompaniyasida ishlash uchun jalb qilinadi. Buning uchun o‘quv markazlari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Yaxshi ko‘rsatkichlar bilan ishlagan ishchilar uchun viza turi o‘zgartirilishi va Koreyada uzoq muddat ishlash imkoniyati yaratilishi mumkin.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning «Hyundai» kompaniyasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi
Foto: Migratsiya agentligi matbuot xizmati

Janubiy Koreyaning «Hyundai» kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yilning sentabr oyida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan, Koreyaning Ulsan shahri hokimligi va «Hyundai Heavy Industries» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, O‘zbekistonlik ishchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi vizalarini berish masalasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha doirasida o‘zbekistonliklar elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati va neyron texnologiyalar kabi sohalarda ishga joylashtiriladi.

“Biz Koreya mehnat qonunchiligini to‘liq hurmat qilgan holda, O‘zbekiston fuqarolarini malakali ishchilarga aylantirishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, biz O‘zbekistonga investitsiya kiritish va shu yo‘l bilan ish o‘rinlarini yaratishga tayyormiz”, — dedi Hyundai kompaniyasining xorijiy ishchilar bilan ishlash bo‘yicha vitse-prezidenti Kim Seong Hoon.

Loyihaga ko‘ra, Ulsan shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilib, o‘zgaruvchan bozor talablariga mos mutaxassislar tayyorlanadi. Markazlarning tashkil etilishiga Ulsan shahar hokimligi va Hyundai Heavy Industries mablag‘lari jalb qilinadi. Agar loyiha muvaffaqiyatli bo‘lsa, kelajakda «Kia» va «Samsung» kabi yirik kompaniyalar ham o‘z ishchilarini jalb qilishni ko‘rib chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, yaxshi natijalar ko‘rsatgan ishchilarga E-9 (noprofessional) vizasidan E-7 (professional) vizasiga o‘tish imkoniyati yaratiladi, bu esa ularga Koreyada cheklovlarsiz ishlash, o‘z oilalarini olib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Foto: Migratsiya agentligi matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojitdinovning ta’kidlashicha, viloyatda Koreya kapitali bilan ishlayotgan 48 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulsan shahrining «Hyundai Heavy Industries» kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatda o‘quv markazlarini tashkil etish va malakali ishchilarni Koreyadagi ishlab chiqarish korxonalariga yuborish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Viloyat vakillari, shuningdek, Koreyadagi yuqori daromadli ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy ravishda jo‘natish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar. Bu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Avvalroq, JICA (Yaponiyaning Xalqaro Hamkorlik Agentligi) o‘zbekistonliklarni Yaponiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni boshlagan edi. Ular qurilish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda ishga jalb qilish uchun malakali ishchi va texnik stajorlik dasturlarini taqdim etgan.

Маҳаллий корхоналар импорт материалларни олиб келишда ҚҚСдан озод қилишни сўрамоқда
Янгиликлар 12:52 · 25.06.2026
Маҳаллий корхоналар импорт материалларни олиб келишда ҚҚСдан озод қилишни сўрамоқда
Банкларда хорижий валюта олди-сотдиси кескин ошди — Марказий банк
Янгиликлар 10:49 · 25.06.2026
Банкларда хорижий валюта олди-сотдиси кескин ошди — Марказий банк
Солиқ қўмитаси банк карталаридаги йирик пул тушумлари ҳақида маълумот олинишига изоҳ берди
Янгиликлар 14:22 · 24.06.2026
Солиқ қўмитаси банк карталаридаги йирик пул тушумлари ҳақида маълумот олинишига изоҳ берди
Хавфсизлик камари тақмасликка рухсат берувчи маълумотномани онлайн олиш мумкин бўлди
Авто, Янгиликлар 11:20 · 24.06.2026
Хавфсизлик камари тақмасликка рухсат берувчи маълумотномани онлайн олиш мумкин бўлди
Солиқ қўмитаси банклардан омонатлар ва йирик P2P-ўтказмалари ҳақидаги маълумотларни олмоқчи
Янгиликлар 10:02 · 24.06.2026
Солиқ қўмитаси банклардан омонатлар ва йирик P2P-ўтказмалари ҳақидаги маълумотларни олмоқчи
Иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдори оширилади
Янгиликлар 17:41 · 23.06.2026
Иш ҳақи, пенсия, стипендия ва нафақалар миқдори оширилади