Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026

Дам олиш кунлари қайси банклар ишлайди?

8:16 · 01.08.2026

Банкоматдаги муаммо учун жарима, бир қисми қопланадиган автокредитлар ва бепул бухгалтерия хизматлари. Ўзбекистонда 1 августдан нималар ўзгаради?

14:59 · 31.07.2026

Бюджет сўровларидаги асоссиз харажатлар қисқартирилади

11:59 · 31.07.2026

Ўзбекистонда аҳоли даромадлари ярим йилда 9,2 фоизга ўсди

10:15 · 31.07.2026

МБ банк омонатларига солиқ жорий этилиши бўйича таклифга муносабат билдирди

8:48 · 31.07.2026

Тошкентда 35 та бозор ва савдо комплекси сотувга чиқарилади (рўйхат)

17:22 · 30.07.2026

Банк омонатлари фоизларидан 5 фоизлик солиқ ундириш таклиф қилинмоқда

14:43 · 30.07.2026

Ўзбекистонда миллий тўлов свитчини 2027 йилда ишга тушириш режалаштирилмоқда

12:37 · 30.07.2026

Марказий банк Ўзбекистон иқтисодиётида «қизиб кетиш» аломатларини кузатди

10:20 · 30.07.2026

МБ: “Золотая Корона” орқали мигрантлар юборган пуллар фуқароларга одатдаги тартибда берилмоқда

15:13 · 29.07.2026

Марказий банк асосий ставкани 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирди

11:12 · 29.07.2026

Toshkent shahri 7,5 million odam yashaydigan yirik megapolisga aylantiriladi

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bilan tanishdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi, yashil hududlar 25 ming gektarga yetkaziladi hamda jamoat transporti tarmog‘i kengaytirilib, bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi. Shuningdek, davlat rahbari Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan ham tanishdi.

Toshkent shahri 7,5 million odam yashaydigan yirik megapolisga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari bu boradagi ilk ishlanmalar bilan 2022 yilda tanishgan edi. Unda berilgan ko‘rsatma va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirildi. “ToshkentboshplanLITI” korxonasida Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Xitoy va Niderlandiya kompaniyalari bilan hamkorlikda puxta ish olib borildi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri hududi 3 ta zonaga ajratiladi. Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi. Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi. Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joy, binolar o‘rnida yangi qurilishlar va ta’mirlash amalga oshiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Havo harorati ko‘tarilishi va avtomobilllar soni oshishini hisobga oloib, Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkazilishi belgilanmoqda. Bu orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrga oshadi.

Shaharsozlik talabiga ko‘ra, aholi o‘z yashash joyidan eng yaqin bog‘cha, maktab, shifoxona, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarigacha ko‘pi bilan 15 daqiqada yetib bora olishi kerak. Shu bois jamoat transporti tarmog‘i kengaytirilib, bog‘lamlar va bekatlar ko‘paytiriladi. Yangi yo‘llar qurilib, metrobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

So‘nggi yillardagi o‘sish natijasida Toshkentda elektr energiyasi, suv va oqova infratuzilmasi yuklama bilan ishlayapti. Bosh reja loyihasida bu quvvatlarni oshirish manbalari ham hisob-kitob qilingan.

Bosh reja tasdiqlangach, uning xaritalari Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida hamda Toshkent shahar hokimligi veb-saytida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Toshkent shahrini kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, 9 oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan ham tanishdi.

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham o‘z samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobarga oshgan. Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, xolos. Bu – talabga nisbatan juda past.

Parvozlarni boshqarish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tizimlari, kutish-kuzatish zallari eskirgani qatnovlarni ko‘paytirish imkonini cheklayapti. Aksariyat sayyohlar Buxoroga borish uchun Toshkent, Samarqand yoki Urganch aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘layapti. Masalan, 9 oyda Buxoroga tashrif buyurgan 1 milliondan ziyod xorijiy turistlarning 95 foizi poyezd yoki avtomobilda borgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyatda mehmonxonalar tarmog‘i, ziyorat turizmi rivojlanib bormoqda. Kelgusi uch yilda Buxoroga turistlar oqimini 8 millionga yetkazish reja qilingan.

Shu bois joriy yil 31 mayda Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘ida Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan edi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport tashkil etiladi. Soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.

Taqdimotda loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida axborot berildi. Davlat rahbari yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi. Terminalning qulayliklari, ichki va tashqi qiyofasi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади
Молия, Янгиликлар 12:14 · 04.08.2026
Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади
Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди
Авто, Янгиликлар 11:12 · 04.08.2026
Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди
Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин
Янгиликлар 10:11 · 04.08.2026
Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин
Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди
Янгиликлар 14:51 · 03.08.2026
Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди
Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди
Янгиликлар 11:25 · 03.08.2026
Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди
Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот
Янгиликлар 9:56 · 03.08.2026
Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот