Йиллик инфляция 6,4 фоизни ташкил этди

17:22 · 06.08.2026

Ўзбекистонда аҳолининг сўмдаги омонатлари бўйича ставкалар сўнгги беш йилдаги энг паст даражага тушди

14:48 · 06.08.2026

Пулли автомобиль йўлларини ташкил этиш тартиби белгиланди

14:19 · 06.08.2026

Марказий банк биометрик маълумотларни сақлаш бўйича янги талабларни жорий этди

10:12 · 06.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди

17:03 · 05.08.2026

Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин

17:03 · 05.08.2026

Ўзбекистон ярим йилда 41 тонна олтин харид қилди

14:06 · 05.08.2026

Ўзбекистон автомобиль бозори июнь ойида ўсди — ИТИМ

10:29 · 05.08.2026

Давлат хизматчилари учун 11 разрядли ягона иш ҳақи тизими жорий этилиши таклиф қилинди

17:45 · 04.08.2026

Тошкентда автомобилларни эвакуация қилиш учун тўловнинг энг юқори миқдори белгиланди

15:47 · 04.08.2026

Ўзбекистонда банклар мижозлар мурожаатларининг сабабларини ҳам бартараф этиши шарт бўлади

15:21 · 04.08.2026

Ўзбекистонда валюта биржасидаги савдолар вақти узайтирилади

12:14 · 04.08.2026

Йўлларда тезликни белгиланган меъёрдан соатига 80 км дан оширган ҳайдовчиларни “права”дан маҳрум қилиш таклиф этилди

11:12 · 04.08.2026

Газ етиб бормаган ҳудудларда электр учун имтиёзли тариф жорий қилиниши мумкин

10:11 · 04.08.2026

Ўзбекистонда 2028 йилдан углерод солиғини жорий этиш таклиф қилинди

14:51 · 03.08.2026

Ўзбекистон сўнгги икки ой ичида олтин экспортини тўхтатди

11:25 · 03.08.2026

Ўзбекистонда иқтисодий фаол аҳолининг 48 фоизи норасмий ишламоқда — тадқиқот

9:56 · 03.08.2026

Ўзбекистонда ярим йилда кўчмас мулк савдоси 25 фоизга ошди

9:06 · 01.08.2026
Бизнес 3:11 · 01.12.2024

Janubiy Koreya kompaniyalari Qoraqalpog‘istonda $62 millionlik issiqxonalar va $38 millionlik ayollar o‘quv markazini quradi

Qoraqalpog'iston Jo'qorg'i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiya 25-28-noyabr kunlari Koreyada bo'lib, qishloq xo'jaligi texnikalari, IT-sohasi, mehnat migratsiyasi va ekologik tiklanish bo'yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim kelishuvlar imzoladi. Ushbu loyihalar doirasida Qoraqalpog'iston hududida $62 mlnlik issiqxonalar va $38 mlnlik ayollar o‘quv markazi tashkil etilishi ham o'rin olgan.

Janubiy Koreya kompaniyalari Qoraqalpog‘istonda $62 millionlik issiqxonalar va $38 millionlik ayollar o‘quv markazini quradi

“Dunyo” axborot agentligi matbuot xizmati xabariga ko’ra  25-28-noyabr kunlari Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada bo‘lib, “Koreya-Markaziy Osiyo” birinchi mintaqalararo forumida  ishtirok etdi. Mazkur forum doirasida muhim kelishuvlar imzolandi, ularning orasida qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish, IT-sohasini rivojlantirish, ekologik tiklanish va mehnat migratsiyasi masalalariga oid loyihalar mavjud.

Janubiy Koreyaning KIDL Co., Ltd” kompaniyasi va Shamchiroq To‘rtko‘l”  korxonasi o‘rtasida Qoraqalpog’iston tumanlarida yangi issiqxonalar tashkil etish va uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha $62 millionlik kelishuv imzolandi. Ushbu loyiha orqali qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, ekologik texnologiyalarni joriy etish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish ko’zda tutilgan.

Shuningdek, Janubiy Koreya Eksim bankining EDCF fondi, Sukmyung ayollar universiteti va “Hyundai” tadqiqot instituti bilan xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha Ayollar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati $38 million bo‘lib, bu markazda xotin-qizlarga xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha kurslar o’qitiladi. Loyiha qamrovida, xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasbga o‘qitish va ularning iqtisodiy faoliyatga jalb etilishiga katta e’tibor qaratiladi. Qurilish uchun Nukus shahri hududidan yer maydoni ajratilishi belgilangan.

Tashrif doirasida, Janubiy Koreyaning “TYM” kompaniyasi prezidenti Kim Do Xun bilan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va texnik xodimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Acryl” kompaniyasi rahbari Pak Ve Chin bilan IT-markazlarini barpo etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Koreya axborot texnologiyalari farovonligini oshirish agentligi tomonidan Qoraqalpog‘istonning o‘rta maktablariga zamonaviy kompyuterlar berildi.

Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan “Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi mintaqasi uchun yashil tiklanish” loyihasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha doirasida suv tejovchi texnologiyalar va tabiiy ofatlarga chidamli vositalarni joriy etish rejalashtirilgan. Yashil iqlim fondi bilan ham atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish uchun grant mablag’larini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

“People & Dream Co., Ltd.” kompaniyasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida yaqin munosabatlar o‘rnatish va monomarkazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va xorijiy tillarga o‘qitish masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq, o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning “Hyundai” kompaniyasiga ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgan edi. Buning uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

 

 

Йиллик инфляция 6,4 фоизни ташкил этди
Янгиликлар 17:22 · 06.08.2026
Йиллик инфляция 6,4 фоизни ташкил этди
Ўзбекистонда аҳолининг сўмдаги омонатлари бўйича ставкалар сўнгги беш йилдаги энг паст даражага тушди
Янгиликлар 14:48 · 06.08.2026
Ўзбекистонда аҳолининг сўмдаги омонатлари бўйича ставкалар сўнгги беш йилдаги энг паст даражага тушди
Пулли автомобиль йўлларини ташкил этиш тартиби белгиланди
Авто, Янгиликлар 14:19 · 06.08.2026
Пулли автомобиль йўлларини ташкил этиш тартиби белгиланди
Марказий банк биометрик маълумотларни сақлаш бўйича янги талабларни жорий этди
Янгиликлар 10:12 · 06.08.2026
Марказий банк биометрик маълумотларни сақлаш бўйича янги талабларни жорий этди
Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Ўзбекистонда ярим йилда газ, нефть ва кўмир қазиб олиш сезиларли даражада камайди
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин
Иқтисодиёт, Янгиликлар 17:03 · 05.08.2026
Эндиликда банклар ва микромолия ташкилотлари ўз фаолиятини исломий банк фаолиятига ўзгартириши мумкин